Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden: Biz hammamiz nima xavf ostida ekanligini bilamiz
Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u Shimoliy Atlantika alyansi yoki Yevropa Ittifoqining bunday hamjihatligini hech qachon ko‘rmagan.
Foto: AP
«Biz hammamiz bu yerda nima xavf tug‘dirayotganini bilamiz», — dedi Bayden.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina ittifoqchilari o‘rtasidagi kayfiyat borasida ehtimoliy o‘zgarishlardan xavotirda emas.
Bundan oldin AQSh kongressi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyani tajovuzkor davlat sifatida tan oladigan qonun loyihasini ishlab chiqayotgani xabar berilgandi.
AQSh kongressi Rossiyani Ukrainaga qarshi urushi tufayli tajovuzkor davlat sifatida tan oladigan qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Natijada Vashington Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishdan qochish imkoniga ega bo‘ladi, deb yozadi The Hill 21 dekabr, chorshanba kuni xabardor manbalarga tayanib.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, ayni paytda qonun loyihasi matni AQSh prezidenti Bayden ma’muriyati bilan muhokama qilinmoqda. U qabul qilinsa, Amerika prezidenti Rossiya va istalgan davlatni «Ukrainaga qarshi tajovuzkorlik harakatlariga aloqador» deb hisoblasa, uni tajovuzkor davlat deb e’lon qilishi mumkin bo‘ladi.
Hujjat, shuningdek, AQSh prezidentiga «tajovuz uchun mas’ul bo‘lgan yoki unga aloqador bo‘lgan har qanday shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi», deb ta’kidlaydi gazeta.
Mavzuga oid
21:16 / 27.04.2026
Ukraina YeI a’zosi bo‘lish uchun o‘z hududlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi – Mers
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
12:16 / 24.04.2026
Yevroittifoq O‘zbekistonning ikkita korxonasiga sanksiya kiritdi
18:39 / 23.04.2026