Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» kreyserida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in tezda o‘chirilgani, u katta zarar yetkazmagani aytilmoqda.
Murmanskdagi «Zvezdochka» ta’mirlash zavodida turgan «Admiral Kuznetsov» kreyserida yong‘in chiqdi. U Rossiyadagi yagona samolyot tashuvchisi bo‘lib, 1991 yil boshida foydalanishga topshirilgan.
«Zvyozdochka» kemasozlik zavodining quruq dokida joylashgan «Admiral Kuznetsov» bortida yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q, 20 kishi evakuatsiya qilindi», deb xabar berdi TASS.
Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi rahbari Aleksey Raxmanov keyinroq yong‘in o‘chirilganini ma’lum qildi.
«Yong‘inni nazorat qilish tizimi tezkorlik bilan ishladi, hech qanday zarar yetkazilmadi», dedi u.
«Admiral Kuznetsov»da 2019 yilda ham yong‘in sodir bo‘lgan, uning sababi to‘planib qolgan chiqindilar ekani aytilgan edi.
Aviatashuvchi kemalar har qanday davlatning harbiy salohiyatini belgilab beradi. Hozirda bunday kemalar atigi 10 ta davlatda bor.
Aviatashuvchilar soni bo‘yicha so‘zsiz birinchi o‘rinni Qo‘shma Shtatlar egallaydi. Bu mamlakatda 11 ta kema bor. Italiya va Ispaniya dengiz floti 2 tadan shunday kemaga ega. Rossiya, Xitoy, Braziliya, Fransiya, Tailand, Hindiston va Buyuk Britaniya 1 ta aviatashuvchiga ega.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
13:09 / 02.03.2026
AQSh: raketalar aviatashuvchiga yaqinlashmadi, operatsiya davom etmoqda
07:29 / 04.02.2026