Jahon | 16:41 / 23.12.2022
28920
2 daqiqa o‘qiladi

«Ota-onalar bolalarini yo‘qotdi. Endi ular qasos olish uchun yashamoqda. Men shundaylarni bilaman». Zelenskiy - «adolatli tinchlik» haqida

Kevin Lamarque / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oq uyda AQSh rahbari Jo Bayden bilan uchrashuvdan keyin qo‘shma matbuot anjumanida ishtirok etdi. U Ukrainaning «Inter» telekanali muxbirining prezidentlar urushning «adolatli» yakunini qanday ko‘rishlari haqidagi savoliga javob qaytardi.

«Adolatli tinchlik nima degani? Barcha uchun har xil. Prezident sifatida men uchun adolatli tinchlik - bizning hududlarimiz bo‘yicha murosasizlik va barcha yo‘qotishlarning qoplab berilishidir. Rossiya bizga, Yevropaga va butun sivilizatsiya dunyosiga qarshi qilgan barcha ishi uchun javob berishi kerak. 

Farzandlarini yo‘qotgan ota-onalar uchun adolatli tinchlik qanday bo‘ladi? Ular uchun pul — hech narsa emas. Ular qasos olish uchun yashaydilar. Va urush qanchalik uzoq davom etsa, bunday odamlar soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ularda yashashda davom etishning boshqa ma’nosi bo‘lmaydi. Bu men ko‘rayotgan narsa. Men shunday odamlarni bilaman.

2019 yilda, prezident bo‘lganimda, biz [Vladimir] Putinga messej yuborishga harakat qilgandik. Biz keng ko‘lamli urushning oldini olishni istaganmiz — va u hech narsa bo‘lmasligini aytgandi. U aldagandi. Endi biz unga qanday messejlar jo‘natishimiz kerak? U ortiq sivilizatsiya dunyosidagi sub’yekt hisoblanmaydi. U o‘z mamlakati madaniyatidan qolgan narsalarni saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Men yaxshisi Jo Baydenga messej jo‘nataman — undan yana Patriot [raketa qurilmalarini] so‘rayman», degan Zelenskiy.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid