19:04 / 24.12.2022
7869

O‘zbekiston paxta sanoatidagi o‘zgarishlar e’tirof etildi

 Better Cotton Initiattive (BCI) xalqaro tashkiloti saytida O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini isloh qilish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan paxta sanoatidagi o‘zgarishlar haqida maqola chop etildi.

Foto: KUN.UZ

Maqolada Xalqaro mehnat tashkiloti  O‘zbekistonda paxta yetishtirishda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilgani to‘g‘risida xulosa bergani e’tirof etilgan. Shuningdek O‘zbekiston dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi o‘rinda turishi, sohada xususiy tashabbuslar bo‘lishi xalqaro standartlar va islohotlarning borishiga yordam berishi ham qayd etilgan.

BCI chop etgan maqolada xalqaro tashkiloti paxta to‘qimachilik korxonalariga yaqindan ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonda “Yaxshilangan paxta” dasturiga ishlayotganini ham ta’kidlagan.

Mazkur dasturda ishtirok etish orqali O‘zbekistonning paxta sanoati mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tarmoqqa to‘qimachilik sanoatidagi xalqaro yirik brend korxonalarining investitsiyasini keng jalb etish uchun imkoniyatlari kengayadi.

Better Cotton Initiattive o‘zbek paxta sanoatida erilishgan natijalardan tashqari hali oldinda kutilayotgan qiyinchiliklarni ham sanab o‘tgan: bular kasaba uyushmalarining samarali faoliyatiga erishish va mehnat shartnomalarining to‘g‘ri ishlashini ta’minlash.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda O‘zbekiston paxtasini boykot qilish bo‘yicha kampaniya boshlagandi. Boykot mamlakat paxta sanoatida tizimli majburiy va bolalar mehnati bekor qilinishi bilan olib tashlandi. 

Mavzuga oid
Top