Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ixtiloflar yuzaga kelmoqda» - Putin MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarga baho berdi
Shu bilan birga, Kreml rahbari Hamdo‘stlikning barcha davlatlari muammoli masalalarni birgalikda hal qilishga harakat qilishini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari o‘rtasida kelishmovchiliklar borligini tan oldi. Biroq, barcha masalalar do‘stona yordam orqali hal qilinmoqda. Bu haqda Putin MDH davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburgdagi norasmiy uchrashuvida aytdi.
«Afsuski, tan olishimiz kerakki, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida ham kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi, lekin asosiysi biz hamkorlik qilishga tayyormiz va hamkorlik qilamiz, hatto muammoli masalalar bo‘lsa ham, biz buni o‘zaro yordam va vositachilik orqali yechishga intilamiz», dedi u.
Prezident Rossiya tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, norasmiy uchrashuvga kelgani uchun Hamdo‘stlik mamlakatlari rahbarlariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u bunday tadbirlar odatda juda samarali bo‘lishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026