Oltin asrlar davomida mamlakatlar moliyaviy zaxiralarining muhim tarkibiy qismi bölib kelgan va ayni paytda ham uning jozibadorligi pasayayotgani yöq. Şu bilan bir qatorda, joriy yilga kelib Markaziy banklar tomonidan oltin xarid qiliş avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada oşdi.

Bu kulrang operatsiyalar bilan boğliqmi?

2022 yilda Markaziy banklar oltin sotib olişni sezilarli darajada oşirdi. The Economist’ning yozişiça, birgina III çorakning özida zaxiralar 400 tonna qimmatbaho metall bilan töldirilib, joriy yilda xarid qilingan oltin miqdori 670 tonnaga yetgan. Bu 1968 yilda London qimmatbaho metallar bozori qulaganidan keyingi rekord körsatkiçdir, öşanda birjada talab taklifdan ança oşib ketgan va bu oltin tanqisligiga olib kelgan.

Xususan, may oyida Turkiya öz zaxiralarini bir vaqtning özida 20 tonna oltin bilan töldirgan. Hindiston va Qatar ham qimmatbaho metalni jadallik bilan sotib olişni davom ettirgan. Qozoğiston oltin sotib olişning ösiş sur’atini ikki baravar oşirdi. Avvalroq, Özbekiston Markaziy banki zaxira aktivlari tarkibidagi oltin uluşini 50 foizgaça kamaytirişni rejalaştirgan bölsa-da, ayni paytda valuta zaxiralarining 2/3 qismidan köproği oltinga töğri keladi. 

2022 yilning 9 oyida eng köp oltin sotib olgan mamlakatlar

«Oltin Rossiyaga qarşi qöllanayotgan Ğarb sanksiyalarini çetlab ötiş imkoniyatini berişi mumkin. Rasmiy Moskvaning zaxiralari mart oyidan beri muzlatilgan va banklari asosan dollarga ixtisoslaşgan xalqaro tölov tizimidan uzilgan. Deyarli heç bir markaziy bank rublni valuta zaxirasi sifatida saqlamayapti. Oltin xalqaro tölov tizimidan uzilgan rus kontragentlari bilan operatsiyalarda tölov vositasi sifatida işlatilişi mumkin. Turkiyadan Turkmanistongaça bölgan Kreml bilan an’anaviy ravişda savdo qiladigan mamlakatlar oltinning asosiy xaridori böldi», – deb yozadi The Economist.

Markaziy banklar nima uçun oltin sotib olişni köpaytirişdi?

Birinçidan, Markaziy banklar uçun oltinning asosiy rollaridan biri öz zaxirasini diversifikatsiya qilişdir. Juda köp holatlarda oltin AQŞ dollari bilan teskari munosabatda böladi. Ya’ni dollar qiymati pasayganda, oltin odatda kötariladi, bu markaziy banklarga bozor özgaruvçanligi davrida öz zaxiralarini himoya qiliş imkonini beradi. Joriy yilda xalqaro geosiyosiy jarayonlardagi keskinlik oşişi va jahon iqtisodiyotidagi retsessiya xavfi oltin xarid qiliş hajmi oşişiga ta’sir ötkazgan bölişi mumkin. Agar asosiy aktivlardan biri zaiflaşsa, boşqasi kuçli bölib qolişi kerak. Zaxiralarini oltin bilan diversifikatsiya qiliş orqali markaziy banklar notinç vaqtlarda öz mamlakatlarining iqtisodiy institutlarini qöllab-quvvatlaşga yaxşiroq tayyor bölişadi.