Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 5 yilda IT-xizmatlar eksportini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonda joriy yil oxiriga qadar IT-xizmatlar eksporti hajmi 100 million dollarga yetadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Shutterstock
Bu haqda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov aytib o‘tdi.
«Prezidentimiz tomonidan axborot texnologiyalari sohasida belgilab berilgan strategiyalaridan keyin ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va joriy yil oxiriga qadar IT-xizmatlar eksporti hajmini 100 million dollarga yetkazish niyatidamiz.
Keyingi 5 yillikda esa 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganmiz. Buning uchun esa biz ushbu jarayonda ayollarimizning ko‘proq ishtirok etishini xohlaymiz», dedi Sherzod Shermatov.
BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
13:52 / 17.02.2026
Kreativ industriya eksporti 1 mlrd dollardan oshiriladi
15:15 / 09.02.2026
O‘zbekiston eksportida Rossiya va Xitoy yetakchi bozorlar bo‘ldi
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
11:06 / 03.02.2026