Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat 2023 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida qonunni ma’qulladi
Senatning 36-yalpi majlisida «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun bilan 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024–2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilangan.
Qonunga ko‘ra, 2023 yilda mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foiz va iste’mol narxlari indeksi 2022 yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foiz miqdorida bo‘lishidan kelib chiqib, budjet parametrlari hisob-kitob qilingan. Konsolidatsiyalashgan budjetning daromadlari 2023 yilda 310,7 trln so‘mni hamda xarajatlar 343,2 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Qonun bilan 2023 yil uchun hukumat nomidan va davlat kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari miqdorida etib belgilanmoqda.
2023 yilgi budjet xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trln so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni tashkil qilmoqda.
Budjetda ta’lim sohasi xarajatlari 58,4 trln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasiga 28,4 trln so‘m, madaniyat sohasiga 2,5 trln so‘m, sport sohasiga 2,3 trln so‘m va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 2023 yilda 1,8 trln so‘m yo‘naltirish belgilangan. Ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun 18,1 trln so‘m ajratiladi.
Kelgusi yilda jami 52 mingdan ortiq daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun budjet mablag‘lari hisobidan 1,1 trln so‘m subsidiyalar to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiyotga ajratilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar 36,7 trln so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,4 foizni, jami xarajatlarning 14 foizini tashkil etib, bu mablag‘lar asosan tomchilatib sug‘orish, geologik qidiruv ishlarini va aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda uy-joy kommunal xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun Senat a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026