Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV o‘zbekistonlik ziyoratchilar Saudiyada YTHga uchragani haqida rasmiy ma’lumot berdi
Kun.uz'da Saudiya Arabistoniga umra ziyoratini amalga oshirish uchun borgan o‘zbekistonliklar ketayotgan avtobus YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
«27 dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da «Al-Afaj» transport kompaniyasiga tegishli «Mercedes-Benz» rusumli avtobus haydovchisi «Jidda-Madina» 160-magistral yo‘lida uxlab qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avtobusda O‘zbekistondan borgan 50 nafar yurtimiz ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabr ko‘rganlarga Madina shahri yaqinidagi «Vadi Al-Far’» va «Al-Himna» shifoxonalarida tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Saudiya Arabistoni huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Diplomatlarimiz fuqarolarimiz holidan xabardor bo‘lib turibdi», deyiladi TIV rasmiy axborotida.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
07:09 / 02.06.2026