Qozoğistondagi «qonli yanvar» voqealari

Joriy yil yanvar oyining ilk kunlari qöşni Qozoğistondagi inqilobiy namoyişlar bilan yodda qoldi. Yonilği narxlari oşirilişiga qarşi boşlangan tartibsizliklar mamlakatda kuçli rezonans uyğotdi. Namoyişçilar hukumat oldiga mamlakatdagi korrupsiya, qarindoş-uruğçilik, byurokratiya va hokimiyatni norasmiy tarzda boşqarayotgan Elboşi rejimini töliq tugatiş talablarini qöydi.

Qozoğistonni yanvar oyi boşida yonilği uçun narxlar oşişi ortidan boşlangan norozilik namoyişlari qamrab olgandi. Foto: Reuters

Ommaviy tartibsizliklar fonida hukumat iste’foga çiqdi. Dastlab, tinç körinişda boşlangan namoyişlar keyingi kunlarda qurolli töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Buning oqibatida esa yuzlab kişilar halok böldi, minglab kişilar turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonalarga yotqizildi. Sarosimaga tuşgan prezident Qosim-Jömart Töqayev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) kuçlarini çaqirdi.

Yanvar voqealari Qozoğistondagi siyosiy muvozanatni butkul özgartirib yubordi. Köpçilik buni Qozoğiston siyosiy elitasidagi kuraş deb ham atadi. Töqayev uşbu namoyişlar fonida mutlaq boşqaruvni qölga oldi. U elitadagi Nazarboyev tarafdorlarini siqib çiqardi, birinçi navbatda Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi rahbariyati hibsga olindi. Nazarboyevning qarindoşlariga qarşi kampaniya boşlandi.

Elboşining Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi va Xalq assambleyasiga umrbod raislik qilişi haqidagi normalar bekor qilindi. U «Nur Otan» partiyasi yetakçiligidan ham ketdi. Nazarboyev bilan taşqi va içki siyosat asosiy yönalişlari böyiça yangi taşabbuslarni muvofiqlaştiriş zarurati bekor qilindi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi

2021 yil oxirida AQŞ va Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirişga tayyorlanayotgani haqidagi bir qança ogohlantiruvçi ma’lumotlar sizdirilgan bölsa-da, Ğarbning köplab davlatlari yetakçilari rasmiy Moskvaning bunga jur’at qila olişiga işonişmadi. Ammo 2022 yilning 24 fevral kuni tongida rus armiyasi qardoş mamlakatning harbiy infratuzilmalarini demilitarizatsiya va u yerdagi «natsizm»ni yöq qilişga (denatsifikatsiya) qaratilgan, «maxsus harbiy operatsiya» sifatida niqoblangan bosqinçilik harakatlarini boşladi.