Andijon viloyati hokimi 2022 yilning ilk kunlaridayoq jamoatçilik e’tiboriga tuşdi. Şuhratbek Abdurahmonovning taşrifidan keyin, moratoriyga qaramasdan, Andijondagi tuğuruqxona hovlisida 12 tup daraxt kesib taşlandi. Markaz xodimlaridan biri Kun.uz bilan suhbatda daraxtlarni kesiş viloyat hokimining topşiriğiga asosan qilinganini aytgan bölsa-da, yakunda şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği jazoga tortildi.

Bu xabar sovib ulgurmasidan yilning eng şov-şuvli voqeasi yuz berdi – Marhamat tumanida öqituvçilar ota-onalar oldida uzr söraşga majburlandi. Tumandagi 72-sonli ixtisoslaştirilgan maktabda 300 nafardan ortiq ota-ona qarşisida maktab jamoasi boşini eggança keçirim söraşdi. Guvohlarning aytişiça, bu – tuman hokimi Boburbek Yöldoşevning taşabbusi bölgan. Topşiriq ijrosini ta’minlaş hokimning yoşlar masalalari böyiça örinbosari Muxtorjon Qurbonov va tuman xalq ta’limi bölimi mudiri Aliyaxon Abduvohidova zimmasiga yuklangan.

Bu uzrbozlik jamoatçilikning keskin e’tirozlariga sabab böldi. Viloyat hokimi, tuman hokimi va viloyat Xalq ta’limi boşqarmasi boşliği uzr sörab, çiqiş qilişdi. Yakunda esa tuman hokimi hayfsan bilan qutuldi, uning örinbosari, XTB mudirasi va maktab direktori işdan olindi.

“Andijonça” tajribalarning hammasi ham özini oqlayvermaydi. Şunday tajribalardan birida bozorda 35-45 ming söm atrofida sotilayotgan tovuqlar aholiga 85-95 ming sömdan ötkazildi. Kamiga kreditga. 100 ta tovuq bir kunda nari borsa 30 ta tuxum qöygan. Ularning katta qismi esa nobud bölgan. Mahalliy budjetning 10 milliard puli parrandaçilikka yönaltirilib, xonadonlarga tovuq berilgan. Lekin odamlar hokimlik taşabbusi bilan banklar orqali kreditga berilayotgan tovuqlarning narxi bozordagidan ikki-uç barobar qimmat ekani, tuxum qilmayotgani, kasallikka çalinib tez ölib qolayotgani va don bilan boğliq muammolar paydo bölayotganidan norozi bölişgan. Oqibatda esa bu taşabbus ham oxiriga yetmasdan töxtatildi, budjetdan 10 milliard pul sarflangani qoldi xolos.