Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Staji raqamlashtirilgan fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan pensiya tayinlanishi mumkin
Ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar raqamlashtirilgan fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Kamoliddin Hojibekov ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Ma’lumotlar to‘liq yoki qisman raqamlashtirilgan, mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar ish joyida kadrlar bo‘limiga murojaat qilib, mehnat daftarchasi hamda diplom ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishi hamda to‘g‘ri kiritilganligi bo‘yicha tekshirib chiqishi lozim.
Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar istalgan Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishi hamda mehnat daftarchasidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:48 / 10.09.2025
Qurilish qonuniyligi qanday tekshiriladi?
23:22 / 07.09.2025
O‘zbekiston pasporti jahon reytingida 72-o‘rinni egalladi
14:48 / 23.07.2025
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
13:39 / 15.07.2025