Aldab ketmasmikan, quriliş qonuniymi, işonsa bölarmikan? Bu yangi köp qavatli uy xarid qilişdan oldin köpçilikni öylantiradigan savollar.
Endilikda quriliş kompaniyalariga qurayotgan obekti yoniga QR-kodli pasport örnatiş talabi qöyilyapti. Uşbu xizmat orqali obekt nomi, buyurtmaçi, loyihaçi, quruvçi va uning reytingi, qaçon foydalanişga topşirilişi, şaharsozlik hujjatlari va boşqa köplab ma’lumotlarga ega bölişingiz mumkin.
Bunda har bir ma’lumotni diqqat bilan öqib çiqiş talab etiladi. Masalan, obekt ruxsatnomasiga e’tibor bering. Uy deb sotilayotgan bölsa-da, hujjatda mehmonxona, biznes markazi yoki savdo şoxobçasi sifatida yozilgan bölişi mumkin. Bundan taşqari quriliş körsatilgan manzilda amalga oşirilayotgani, binoning loyihaga mosligi kabi jihatlarga ham alohida e’tibor beriş kerak. Xususan, hujjatda 9 qavatli binoga ruxsat berilgan, ammo quruvçi sizga obekt 16 qavatdan iborat bölişini aytib, uy sotyapti. Bu mutlaqo noqonuniy harakat. Misqollab töplagan pulingizni firibgarlarga topşirib qöymaslik uçun ogoh böling.












