15 iyul, seşanba kuni Rossiya fuqarolarining biometrik bölmagan xorijga çiqiş pasporti bilan Latviyaga kirişiga taqiq kuçga kirdi. Bu çorani avvalroq mamlakat taşqi işlar vazirligi e’lon qilgan edi.

Qaror kuçga kirgan paytdan boşlab Riga pasportida biometrik ma’lumotlari bölmagan rossiyaliklarga viza beriş va yaşaş uçun ruxsatnoma oliş uçun arizalarni qabul qilişni töxtatadi. Vazirlik şuningdek, Latviyada uzoq muddatli vizalar yoki yaşaş uçun ruxsatnomalar bilan bölgan eski namunadagi pasportga ega rossiyaliklarga olti oy muddat berilişini va bu muddat davomida biometrik pasport olinişi kerakligini ta’kidladi.

1 iyundan boşlab Litva Rossiyaning biometrik bölmagan pasportlarini tan olişni töxtatdi va Rossiya fuqarolarining öz hududiga bunday hujjatlar bilan kirişini taqiqladi. Istisno faqat temiryöl orqali Kaliningrad viloyatidan Rossiyaga va orqaga tranzitda sayohat qiluvçilar uçun amal qiladi.

«Uşbu qaror bilan biz şunga öxşaş çeklovlarni joriy etgan boşqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qöşildik», deb ta’kidladi Litva TIV. Biometrik bölmagan rus pasportlari Daniya, Çexiya, Estoniya, Fransiya va Islandiya tomonidan tan olinmaydi.