O‘zbekiston | 09:08 / 02.01.2023
9301
1 daqiqa o‘qiladi

Advokatlikni litsenziyalash 2 ta ixtisoslik bo‘yicha amalga oshiriladi

2023 yil 1 yanvardan advokatlik faoliyatini litsenziyalash 2 ta ixtisoslik bo‘yicha amalga oshiriladi.

Foto: Getty Images

"Huquqiy axborot" kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:

  • fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
  • ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Lisenziya” AT yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Lisenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo‘yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekistonning butun hududida amal qiladi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid