Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi va deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Hujjat bilan Jinoyat-protsessual kodeksi hamda «Advokatura töğrisida»gi qonunga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi sud-huquq tizimida tomonlarning tortişuvi va teng huquqliligi prinsiplarini yanada mustahkamlaşdan iborat.
Loyihada jinoyat işini sudga yuborişda ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan bir qatorda himoyaçining fikrini ham taqdim etiş tartibini joriy etiş nazarda tutilgan. Bu esa sudyaga iş böyiça har ikki tomonning pozitsiyasi bilan oldindan tanişiş imkonini beradi.
Şuningdek, advokatlarga dastlabki tergov yoki suriştiruv yakunlanganidan keyin beş sutka içida «himoya fikri»ni taqdim etiş huquqi berilişi taklif qilinmoqda. Uşbu hujjatda ayblovga munosabat, himoya tarafining dalillari, jazoni yengillaştiruvçi holatlar, sudga çaqirilişi lozim bölgan şaxslar hamda boşqa muhim ma’lumotlar aks ettirilişi mumkin.
Qonun taşabbuskorlarining ta’kidlaşiça, mazkur özgartişlar sud muhokamalarida protsessual muvozanatni ta’minlaş, advokatlarning rolini kuçaytiriş va odil sudlov sifatini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Muhokamalar yakunlari böyiça qonun loyihasi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.







