“Hayotiy hikoyalar”da oliygohda tahsil oliş bilan birga hayotning ham oliy ta’limotini olgan sobiq talabaning hikoyasi bilan tanişing.

“Bundan 10 yil avval talaba böldim. Ungaça eng katta orzum şu edi, 3 yil öqişga kirolmadim, juda qattiq tayyorlandim, uyqu nimaligini bilmadim. Lekin öqişga kirdi degani – hamma orzuga erişding, endi buyoği xotirjam yaşaysan, degani emasligini öqişga kelib bildim. Yotoqxonadan joy tegmagan, yeb-içişga ketayotgan pulning tagi köringan. Öta tejamkorlik bilan işlatsam-da, yetkazib bölmayapti. Otam uyimizdagi ikkita sigirning bittasini sotib pulini jönatdi. Özim ham iş qidira boşladim. Mardikor bozorda işladim, qorovullik qildim. Oliy ta’lim oliş degani faqat diplom bilan boğliq emas ekan. Bu davrda olgan saboqlaring hayotingni, dunyoqaraşingni ham tubdan özgartirib yuborişi mumkin ekan.

Ikkinçi kursga ötganimda onamning mazasi qoçganini eşitdim. Şifokorlar uning jigarida muammo borligini, sirrozga aylana boşlaganini, astoydil davolaniş kerakligini aytişdi. Boşimizga toğ ağdarilganday edi. Uydagi hamma narsamizni sota boşladik, otam onamning dori-darmoni uçun özini ötga-çöğga urardi. Bu vaziyatda mening öqişim uçun kontrakt tölaş qiyin masala edi. Ularning ahvolini körib, köproq pul topişim kerakligini öyladim.

Onamni poytaxtdagi şifoxonaga yotqizdik. Uyda qölga ilinadigan heç narsamiz qolmadi. Otam noilojlikdan Rossiyaga işlagani ketdi. Ikkita singlimni ham yonimga olib keldim. Baxtimga katta bir restoranda iş topildi. Faqat keçasi işlaş kerak edi. Lekin yaxşi pul tölaşadi, ustiga ustak yaxşi ovqatlanaman. Oçiği ovqatlaniş uçun ham pulni tejaşga majbur menday odam uçun bu yaxşi taklif edi. Singillarim onamdan xabar olişadi, dorilarni özim yetkazaman. Öqişdan çiqib işga boraman va tong saharga yaqin ijara uyga qaytaman. Bir oyda uyqusizlikning asorati sezila boşladi. Uxlab qolib öqişga keçikiş, darslarda uxlab qoliş odatga aylandi. Tabiiyki, bu öqituvçilarimga yoqmasdi. Tanbehlar, ogohlantirişlar eşita boşladim.

Öqituvçilarimiz orasida bizga dars beradigan juda bilimli, ammo talabçan professor ham bor edi. Körinişidan kalondimoğ, lekin sohasining ötkir ilmli mutaxassisi bölgani uçun hammamiz hurmat qilar, hayiqar, gap eşitmaslikka harakat qilar edik. Bir kuni şu domlaning darsiga keç qoldim. Uzr sörab kirişim bilan naştarday botadigan sözlar bilan qarşi olindim.

“Ba’zilaringiz öqiş bilan birga işlaşingizni ham bilamiz. Lekin bu yerga sizlarni ota-onangiz öqiş, yaxşi mutaxassis böliş uçun yuborgan. Şuning uçun har qanday şaroitda ham öqişni birinçi öringa qöyişingizni sörayman. Bugun örganilmay qolgan qaysidir ma’lumot qaçondir sizga öta zarur fakt bölişi mumkin edi. Öz kuçingiz bilan universitetga kirdingizmi, endi şu bilimni uvol qilişga haqqingiz yöq” dedi. Uyqusizlik, çarçoq, tinimsiz taşvişlardan çarçab turganim uçunmi bilmadim, unga qöpollik qildim. Bir nafas auditoriyada paşşa uçsa eşitiladigan jimlik sodir böldi. Öqituvçimiz jahli çiqsa ham vazminlik bilan ötirişimga ruxsat berdi.