«Hayotiy hikoyalar» ruknida berilayotgan navbatdagi hikoyamiz qahramoni bir paytlar qilgan işidan hanuzgaça afsuslanib yurgan kişi.
U maşinani juda katta tezlikda boşqarib, yaqin dösti va yana ikki ayolning umriga zomin bölgani haqida hikoya qildi.
«Yoşligimizda keksalar «Har bir kişida qiyomatlik döst bölsin», deyişganda bu gapning ma’nosini tuşunmasdim. Ammo keyinçalik şunday döstga ega bölganimda har qanday insonda bir nafar bölsa ham yaqin döst bölişi kerak ekan deb öylaganman.
Xudoyberdi bilan tengdoş va qöşni bölganmiz. U bilan maktabga ham birga çiqdik, bir sinfda öqidik. Bir partada ötirdik. Esimda, bolaligimizda bir gal u, boşqasida men uydan non olib çiqardim va buloqdan kelayotgan ariqda oqizib yerdik.
Ulğayib boraverganimiz sayin u bilan qalin döstlarga aylandik. Döstimning menga eng ma’qul tomoni odam tanlamas, juda samimiy bola edi.
Maktabning yuqori sinflarida öqib yurgan paytlarimizda Özbekistonda avtozavod işga tuşdi va otam birinçilardan bölib «Nexia» sotib oldi.
Otam uyda yöq paytlarda maşinani minişni örganib oldim. Bunda menga avtomobil tuzatuvçi usta bölib işlaydigan qöşnimiz yordam berdi.
Maktabni bitirgan paytimda maşina haydaşni yaxşi örganib olgandim va otam uyda bölgan paytlarda ham «Nexia»ni minaverardim.
Köp ötmay ikki döst oldinma-keyin uylandik, farzandlarimiz tuğildi. Uylanganimizdan keyin ham döstligimiz davom etaverdi.
Köp ötmay otam boşqa maşina oldi va «Nexia» tamomila menga qoldi. Lekin ötgan yillar mobaynida haydovçilikka öqimadim va guvohnoma olmadim.
Ustoz körmaganim bir kun kelib pand berişini bilganimda balki birinçi navbatda haydovçilik guvohnomasi uçun öqirmidim?
Maşinani tez haydaşni juda yoqtirardim. Bu işim uçun bir neça marta mahalladoşlar tanbeh berişdi, bilganimdan qolmadim. Keyin otamga ham aytişibdi.
Otam qattiq uruşdi va agar tez haydaşda davom etsam maşinani tortib olişini aytdi. Biroq bu ham meni qörqita olmadi. Endi mahalla içidagi yölda emas, katta yöllarga çiqsam ham tez haydaydigan böldim.
Agar öşanda bu işim oğir oqibatlar keltirib çiqarişini bilganimda, balki otamga maşinani özim topşirib, piyoda yurarmidim? Ne ajabki, xom sut emgan banda qaçonki boşiga oğir taşviş tuşsa aqlini yiğadi. Ungaça heç narsa dars bölmaydi.









