«Hayotiy hikoyalar» turkumidan berilayotgan navbatdagi hikoyamiz qahramoni bundan bir neça yil avval kimningdir noqonuniy işi tufayli oğir holatga tuşib qolgan. Öşanda uning bolasi va onasi halok bölgan, xotini esa aqldan ozgan.

U öz maktubida oğir keçgan hayoti va öşa maş’um kun tafsilotlarini yozib yuboribdi.

«Otam bolaligimda vafot etgandan söng meni onam yolğiz özi tarbiyalagan. Meni öksinmasin deb onam boşqa turmuş qurmagan. Eslayman, yoşligimda onam «bolam tengqurlaridan kam bölmasin», deb bir neçta joyda işlardi.

Otasiz ösgan bölsam ham, yomon bolalarga qöşilmadim, ayrimlarga öxşab bezori bölib ketmadim. Onamning men uçun zahmat çekib işlayotganini bilib turardim. Şu sababli maktabda a’lo baholarga öqidim. Xulqim ham yaxşi edi.

Onamga yengilroq bölsin deb yozgi ta’tilda «Örikzor», «Ippodrom» va boşqa bozorlarga çiqib şarbat, suv sotardim. Şu yöl bilan pul işlab maktab uçun kiyimlarni özim olardim.

Maktabni bitkazgaç, ikki yil urinib, öqişga kira olmadim. Şundan söng avvaliga u, bu işlarni qilib yurdim. Keyin «Örikzor»dagi bir dökonga şogird böldim. Bu orada uylandim.

Dökonda şogird bölib yurgan kunlarimda oyligim yaxşi edi va onam işdan böşab ta’tilga çiqdi. Öziga qolsa, işdan böşamoqçi emasdi, biroq men uni şunga majburladim.

Esimda, onam meni uylantiriş uçun köp xonadonlarning eşigini taqillatib borgan, biroq «otasiz ösganga qiz bermaymiz», deb köpçilik rad etgan. Oxirida bir xonadon rozi bölgan. Bilsak bölajak qaynotam ham otasiz ösgan va buning maşaqqatlarini boşidan ötkazgan inson ekan.

Uylanganimdan söng bir yil ötib öğil farzandli böldim. Bolamiz bir yoşga kirgaç, harna rözğorga yordam bölar, deb xotinim ham işga çiqib ketdi. Öğlimizga onam qaray boşladi.

Öşanda onam öğlimni eplay olarmikan degan xavotir bor edi. Bu haqda onamga aytgan edim, urişib berdi: «Bolam, kuni bilan bekor bölsam. Bitta bolaga qaraş nima bölibdi?!

Savdoning past-balandlarini bilib olgaç bir neça yildan söng ustozimdan fotiha olib, özim dökon oçib, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğullana boşladim.

Hayotimiz bir maromda davom etar, mendan baxtli odam yöq edi. Agar öşa paytda kimdir «Yaqinda boşingga ulkan sinovlar yoğiladi va qoçgani joy topa olmay qolasan», desa işonmasdim.

Öşa maş’um kunni yaxşi eslayman. Ertalab onam, xotinim va öğlim birgalikda nonuşta qildik. Onam va xotinim bilan yaxşi kayfiyatda xayrlaşib işga ketdim. Tuşgaça savdo ham yaxşi böldi.