Ona duosini olmagan kişining nadomatlari (Hayotiy hikoya)
|23:18 / 20.09.202425 46313 min
«Öğlim va kelinimga nasihat qildim, nafi bölmadi. Bir paytlar onam turgan hujrada yaşab kelyapmiz. «Ota-onangga nima qilsang, bolangdan qaytadi», degan gap haqiqat ekan, buni boşimizdan ötkazyapmiz...»
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
«Hayotiy hikoyalar» ruknidan berilayotgan navbatdagi hikoyamiz qahramoni keksa yoşdagi otaxon. U maktubida boşidan ötkazgan hodisalarni bayon qilar ekan, bir paytlar onasi keksayib qolganda unga yetarliça ğamxörlik qila olmaganini, öşa işining jabrini bugun özi tortayotganini hikoya qilibdi.
«Otam 1950-yillar örtalarida, men ikki yoş bölganimda vafot etgan. Hatto uning surati ham saqlanib qolmagan, şu uçun otamni eslay olmayman. Men esimni taniganimda oilada yolğiz farzand ekanimni va onam bilan yaşaşimni anglaganman.
Bolalik yillarim 1950-yillar oxiri va 1960-yillarda bölib ötdi. Öşa paytda vaziyat juda oğir edi. Xruşçyovning «makkajöxori siyosati» Özbekistongaça yetib kelgan, hamma yoqqa şu ekin ekilardi.
Oqibatda, magazinlardan, odamlarning uyidan buğdoy uni topilmay qoldi va hamma makkajöxori unidan tayyorlangan zoğora non yeyişga ötdi.
Birinçi sinfga borganimni yaxşi eslayman, u paytlarda maktab sumka, forma degan narsalar yöq edi. Maktabga onam qalin matodan tikib bergan jildni kötarib, egnimda bözdan tikilgan köylak-işton bilan oyoqyalang holda maktabga borganman.
Maktabimiz haşar yöli bilan paxsadan tiklangan, devorlari somon suvoq qilinib, ohak bilan oqlab qöyilgan edi. Bitta sinfga yigirmataça bolani yiğişning iloji bölmagani uçun, sinfimizda turli yoşli bolalar bor edi.
1965 yil bahordan biz yaşagan kolxoz yerlarida yana buğdoy ekila boşlandi. Keyin bilsak Xruşçyov örniga kelgan Brejnev makkajöxori ekitirşni bas qilib, dalalarga qaytadan buğdoy ekila boşlagan.
Onam meni juda qiynalib katta qilgan. Esimda, kolxozning ğallapoyasi uyimizdan 5-6 çaqirim narida edi. U paytlarda kombaynlar yöq, buğdoy qölda örilardi.
Kolxoz buğdoy örimiga çiqqan odamlarga pul tölay olmas, iş haqiga buğdoy berilardi. Onam ham bir neça qop buğdoy undirib qoliş payida örimga çiqardi.
U ertalab vaqtli turib sigirimizga qarardi. Menga nonuşta tayyorlab berar va dalaga piyoda ketardi. Tuşda sigirga qaraş uçun boşiga bir boğ öt qöyib, şunça yöldan kelardi.
Tuşda ikki burda non va bir piyola çoyni içib, yana örimga şoşilardi. Qaytişda meni ham özi bilan birga olib ketardi. Buğdoy örimi tugagança umri şu zaylda dalada ötardi. Buğdoy örimi tugagaç, boşoq terardik.
Hozir onam öşa paytda piyoda borib kelgan yölni salmoqlab körib yuragim orqamga tortib ketadi. Beçora bir kunda şu masofaga ikki marta piyoda borib kelardi. Buning ustiga, qaytişda bir boğ öt ham kötarib olardi.
Mavzuga oid
Keyinroq maktabning yuqori sinfiga ötganimda onamga yordamçi böldim, lekin şunda ham u tinmasdi.
Maktabni bitkazganimdan söng ikki yil harbiy xizmatni ötab keldim. Armiyadan qaytganimdan söng onam meni uylantiriş uçun qiz qidira boşladi.
Qöşni qişloqda yaşovçi bir qizni köz ostimga olgandim, onam sovçilikka bordi. U paytlarda qizlar bilan uçraşiş, sevişiş degan gaplar bölmasdi. Bölajak xotinimni bir-ikki marta töylarda qizlar orasida körganman va köz uriştirganman, xolos.
Onam sovçilikka birinçi gal borganida qizning otasi rad etibdi.
«Opa, sizni va öğlingizni yaxşi taniyman. Eringiz vafot etib, yolğiz qolganingizda ham yana turmuş qurişni emas, yolğiz bolangizni öyladingiz. Iffatingizni saqladingiz. Sizni juda hurmat qilaman, öğlingiz ham aqlli, es-huşi joyida yigit. Biroq qizimni unga berolmayman. Sababi, qizim ança erka ösgan. Sizning rözğoringizga könikib keta oladimi-yöqmi, bilmayman. Gap bunda ham emas, mabodo ertaga sizday fariştasifat ayolning könglini oğritib qöysa, yaxşi iş bölmaydi», debdi.
Onam bir kun ötkazib yana borişini va albatta öşa qizni kelin qilişini aytib meni yupatdi:
«Bolam, otasi aytganday erka bölib ösgan bölsa ham men uning injiqlariga çidayman. Faqat sen baxtli bölsang böldi».
Hozir, şu tobda bundan ellik yil oldin bölgan hodisalarni eslab yozayapman-u, özimni yiğidan töxtata olmayapman. Çunki «Onaning köngli bolada, bolaning köngli dalada» deyilganiday, öşa tobda onamning meni qanday qiyinçilikda ulğaytirganini unutgan edim. Könglim dalada edi.
Onam ikkinçi marta sovçilikka borib, oqlik olib keldi. Avval fotiha, keyin töy bölib ötdi. Öşa paytda mendan baxtli odam yöq edi.
Qaynotam ogohlantirganday xotinim ança erka ösgan ekan, bizning kamtarona rözğorga moslaşişi qiyin böldi. Şunday paytlarda rözğor işlarida onamga yordam berardim.
Bu gapim bilan xotinim rözğor işlarini qilmasdi demayman. U kayfiyat bandasi edi. Kayfiyati yaxşi bölganda hamma işni a’lo darajada bajarardi. Kayfiyati bölmaganda esa rözğor işlari, oş-ovqat tayyorlaş kabi işlar onamga qolib ketardi.
«Xotinning kayfiyati erga boğliq-da», deyişga şoşilmang, men erlik vazifamni qoyillatib bajarardim. Xotinimning kayfiyatiga ta’sir qiladigan holat oddiy oila bölganimiz edi. Otasining uyida yaxşi şaroitda yaşagan xotinim yöqçilikdan biroz yuqori poğonada yaşaşimizni hazm qila olmasdi.
Oradan yillar ötdi, birin-ketin farzandlarimiz tuğildi va onamga ovunçoq bölişdi. Tönğiç farzandim tuğilganida onam qançalik xursand bölganini eslayman.
Farzandlarim esini taniy boşlaganda keksalik, yillar davomidagi oğir turmuş va zahmatli mehnat onamga öz kuçini körsatdi. Onam avvalgiday dala işlari va rözğor yumuşlariga yordam bera olmay qolgandi.
Şundan söng xotinimning unga bölgan munosabati butunlay özgardi. Onam rözğor va dala işlarida mehnat qilgan yillarda, bolalarimizga qaragan paytlarda biroz toqatli bölgan xotinim, onam keksayib, işdan qolganiga çiday olmadi.
Eng avval bolalarga alohida xona qiliş bahonasida onamni hovli çetidagi kiçik hujraga köçirdi. Öşanda xotinimni bu fikridan qaytara olmadim. Töğrisini tan olaman, yillar davomida u menga ham gapini ötkazadigan bölgandi.
Eng yomoni şu ediki, xotinim onamga bolalarimiz köz öngida zuğum qilar, uni qarğar, kamsitardi. Men bu holat bolalarning tarbiyasiga yomon ta’sir körsatişidan qörqardim.
Xotinimga «Quş uyasida körganini qiladi, ertaga öğillaring ulğayganda kelinlar tuşirsang, ulardan biri seni seni öşa hujraga olib borib tiqadi», derdim. Biroq xotinim bu gaplarimga parvo qilmasdi.
Uç öğlimning barçasi onamni juda yaxşi körardi. Xotinim onamni jyerkib berganda unga ola qaraş qilişardi. Biroq öz onalarini töxtata olişmasdi.
Ayniqsa, kenja öğlim buvisini juda yaxşi körar, böş böldi degança uning oldiga yugurardi. Onam bolalarimga biron marta xotinimni yoki meni yomonlamasdi. Bolalarga ertak, ibratli hikoyalar aytib berar, odobdan dars berardi.
Esimda, öşa paytlarda Ötkir Hoşimovning «Dunyoning işlari» degan asari va yana bir ona haqidagi hikoyasi kitob holida çop etildi. Har gal şu asarlarni öqiganimda onamni öylab közimga yoş kelardi. Biroq xotinimdan qörqqanim uçun heç narsa qila olmasdim.
Ayniqsa, uruş paytida frontga ketgan eridan ayrilib, öğlini yolğiz tarbiyalagan ayol haqidagi hikoya menga qattiq ta’sir qilardi. Asarda yigit amaldorning qiziga uylanadi va onasini hovlida yolğiz qoldirib, özi xotini bilan alohida yaşaydi. Oxirida hatto onasi jon berayotganda ham yonida bölmaydi.
Hikoya qahramonidan farqli ravişda men onamni yolğiz holda taşlab ketmadim, birga yaşadim. Biroq uni xotinimning zuğumlari va kamsitişlaridan asray olmadim.
Kunlarning birida onam öşa hujrada jon berdi. Uni kömib kelgaç, ma’rakalarini heç kimdan kam qilmagan holda ötkazdik. Tirikdan köra, öliklarni köproq qadrlaymiz-ku axir.
Öşa paytda nazarimda xotinim qari kampirdan qutulganiga xursand edi. Men esa suyangan toğimdan ayrilganim uçun özimni qöyarga joy topolmasdim.
Onamning qirqini ötkazganimizdan söng bir kun xotinim hujrani tozalaşga kirişdi. Şunda böğzimgaça çiqib kelgan gapni içimga yuta olmadim: «Ha, umringning sönggi yillarini ötkazadigan xonani tozalab qöyyapsanmi?»
Xotinim bu gapimga javob bermadi, ola qaraş qildi xolos. U öşanda gapimni jiddiy olmagandir, birpasdan söng sovuq sözlarimni unutgandir, buyoği menga qoronği. Lekin men bir kun qaysidir bolam va uning xotini bizni öşa hujraga tiqişiga amin edim.
Navbati bilan öğillarni uylantirdik. Ikkita kattasi alohida bölib çiqib ketdi va uyda kenja öğil va uning xotini bilan qoldik. Yillar ötib, xotinim bilan men ham keksaydik.
Öğillarimizning topiş-tutişi yaxşi edi. Aynisa savdo bilan şuğullanadigan kenja öğlimizning puli köp edi. U men qiynalib qurgan uyni buzib yangitdan tiklamoqçi bölganda könmadim.
Şundan söng öğlim usta olib kelib eng avval hujrani biroz epaqaga keltirib, devorlarini böyab berdi. Xotinim bilan vaqtinçalik öşa yerga köçib ötdik.
Öğlim köp pul sarflab uyni ta’mirlatdi. Hamma yoq fason bölib ketdi. Yangi gilamlar va boşqa jihozlar sotib olindi. Xotinim bilan xos xonamizga köçib ötişga taraddud köra boşladik.
Biroq... biroq çuçvarani xom sanagan ekanmiz. Kelin xotinim va menga oşkora qilib, «Uyni ta’mirlatişga katta pul ketdi. Endi sizlar xonangizga qaytib köçmaysizlar. Hujra ham binoyiday ta’mirlandi, öşa yerda yaşaysizlar», dedi.
Bu gapni ançadan buyon kutayotgandim uçun xotirjam qabul qildim. Menga endi umrimning qolgan qismini qayerda yaşab ötişning ahamiyati yöq edi.
Biroq kelinning gapi xotinimga yomon ta’sir qildi. U rosa janjal qildi. Kelin ham böş kelmadi. Şundan söng xotinim öğlimizni qarğay boşladi. Öğlim ham xotini tomon böldi. Çunki u ham xotinidan ölguday qörqardi.
Janjallarning birida öğlim axiyri xotinimga bir paytlar u onamga qilgan munosabatni eslatdi:
«Ona, bizni siz tuğgansiz. Lekin buvim tarbiyaladi. Iştonimizni bulğaganimizda u tozaladi. Ovqatimizni u qilib berdi. Esingizdami, buvimni hujraga köçirganingizda otam sizga inday olmagandi. Lekin biz aka-ukalar bunga qarşi çiqqandik. Lekin yoş edik, siz öşanda bizga tarsaki tuşirib, oğzimizni yopgandingiz. Hozir xotinim qilayotgan işni yoqlamayman. Biroq uni töxtatmoqçi emasman. Çunki garçi onam bölsangiz ham buvim his qilgan narsani siz ham his qilib körişingiz kerak. Xohlasangiz, ilohim bolangdan qaytsin, deb qarğayvering. Menga baribir».
Öğlim va kelinimga nasihat qildim, nafi bölmadi. Öşandan buyon avvallari onam yaşagan hujrada yaşab kelyapmiz. Bir paytlar eşitganimiz, «Ota-onangga nima qilsang, bolangdan qaytadi» degan gap haqiqat ekan va biz buni boşimizdan ötkazayapmiz. Hujrada yaşab, bir umr men uçun ölib-tirilgan beçora onamni eslayapman.
Bu orada xotinim qozon-öçoğini boşqa qildi, biz uçun ovqatni özi tayyorlayapti. Nabiralarimiz oldimizga kelganda xotinim onamdan farqli ravişda ularni oldiga solib quvadi.
Öşanday paytlarda onam qanday fe’li keng ayol bölganini, kelini kamsitganda va zuğum ötkazganda ham «Dunyodan ötsam ortimdan duo qilasizlar», deb nabiralarini erkalatib, oldida olib ötirganlarini eslayman.
Maktubimning oxirida yoşlarga aytar sözim, siz men va xotinim qilgan xatoni takrorlamang. Doim ota-onangizning xizmatida bölib, ularning duosini olişga harakat qiling. Aks holda, ota-onangizga nima qilgan bölsangiz bolangizdan qaytadi».