“Kiyevda tanişganmiz” - 75 yoşida ingliz tilida gaplaşa oladigan nuroniylar hikoyasi
|23:30 / 01.10.20249 5309 min
Çiroqçilik Abduhamid ota Nurmuhammedov va andijonlik Şarifa momo Ubaydullayeva turmuş qurişganiga 53 yil bölgan. Ular 1960-yillarda Kiyev çet tillari institutida ingliz tilini öqişayotgan vaqtlarida tanişişgan. Kun.uz “Hayotiy hikoyalar” ruknida nuroniy juftlikning hayot yöllari haqidagi hikoyasini taqdim etadi.
Şarifa aya Ubaydullayeva – 75 yoşda. U Andijonda tuğilgan. Abduhamid ota Nurmuhammedov Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida tuğilgan, yoşi – 76 da. Hozirda ular Qarşi şahrida yaşaydi.
Şarifa Ubaydullayeva va Abduhamid Nurmuhammedov. Foto: Kun.uz
Şarifa aya: Ota-onam meni 10 yil kutişgan. Xudo 10 yildan keyin meni ularga bergan. Şu sababli ularning sevimli qizi bölganman. Xohlagan hamma narsamni muhayyo qilişgan. Onam tibbiyot markazida işlagan, otam esa tarix fani öqituvçisi bölgan. U bizga özining yoşligi va Afğonistonda yaşagani haqida köp gapirib berardi. U mening şifokor bölişimni xohlagan, lekin öqituvçim biz özbeklarni qöy deb atagani uçun ingliz tili öqituvçisi bölişga qaror qildim. Otam meni Kiyevga yubordi, u yerda 5 yil öqidim. Ukrain manbalaridan juda köp narsa örgandim. Ukrain va rus yigitlarini uruşda körib yiğlayman, çunki ular mening qalbimga yaqin. Bu yerda biz bilan inglizça gaplaşa oladigan heç kim yöq. Şu sababli ingliz tilim unçalik yaxşi emas.
Abduhamid ota: Mening ham ingliz tilim unçalik yaxşi emas, söz boyligim ham zör emas. Men 1948 yilda Çiroqçi tumanida tuğilganman, Kiyevda öqiganman. Biz öşa yerda tanişganmiz. 1971 yilda esa turmuş qurdik. Tört nafar farzandimiz bor, ikkisi qiz, ikkisi öğil.
Hayot taqozosi bilan şunday böldiki, biz maktabni bitirgandan keyin 1966 yilda ham 10-, ham 11-sinflar maktabni tugatdi va öqişga kiradigan abituriyentlar juda köpayib ketdi. Undan taşqari, 1966 yilda yer qimirlaşi sodir bölgandi, şu sababli qardoş respublikalar Özbekistonga yordam qölini çözdi. Ukraina va Rossiya öqituvçi kadrlarni tayyorlab beramiz degan majburiyatni olgan şekilli, Rossiya, Ukraina şaharlariga öqişga tanlov boşlandi. Yo vraç yoki öqituvçi bölmoqçi edim. Tibbiyot institutiga kiriş uçun hamma hujjatlarni tayyorlab turganimda e’lon kelib qoldi. Taqdir taqozosi bilan kirib qoldik. Heç qayerga çiqmagan qişloq bolasi Kiyevga ketişga majbur böldi.
Qişloqda ösganmiz, rus tilini biliş darajamiz ham öziga yaraşa. Non bilan suvni bilamiz, boşqa rus tilidan bilimimiz yöq edi. Keyin majbur böldik rus tilini örganişga. Bizni rus bolalar içiga qöşib qöydi, ular özbek tilini, biz rus tilini bilmaymiz. Ammo muloqot qilib, bir yil içida tilni örganib oldik.
Mavzuga oid
Universitetda ingliz tilini örgandik, qöşimça sifatida fransuz tili ham bor edi. Asosiy urğuni ingliz tiliga berganmiz.
Şarifa bilan tanişişimiz boşqaça bölgan. U Farğona tomondan, men Qaşqadaryo tomondan Kiyevga borganman. Öşa yerda tanişganmiz. Köz uçirgani, qoş qoqqani yöq, öqişni bitirib, 1971 yilda oila qurganmiz.
Şarifa Ubaydullayeva va Abduhamid Nurmuhammedovning şaxsiy arxividan
Şarifa aya: Dadam öqituvçi, keyin bolalar uyi direktori bölgan. Juda köp tanişlari bölgan, masalan, Mukaramma Turğunboyeva, Tamaraxonimlar bilan tanişganman. Dadam meni teatrlarga olib borardi. Ingliz tilidan yaxşi öqimaganman. Ustozimiz arman ayol edi: “daraxt ham oxir-oqibat ovoz çiqaradi, siz özbeklar qöysizlar” deb aytardi. Şu gaplari ta’sir qilib, ingliz tilini öqiyman dedim. Dadam yöllanma olib kelib, Kiyevga öqişga yubordi.
Akam ham öqituvçi bölgan, tarix fanlari nomzodi, dotsent bölgan. Oilamizning yarmi savdogar, yarmi öqituvçi edi.
Ketayotganimizda Toşkentga yiğildik. Ğafur Ğulom kelib, bizga nasihat qilib yubordi. Hammamizga 28 rubldan tarqatişdi. Mening navbatim kelganda, törtta erkak ötirgan ekan, bittasi aytdi: dadangizni ismi nima, deb. Mirabdulla aka dedim. Dadamning öquvçilari köp edi, istalgan universitetga joylaştira olardi. Hammaga 28 rubldan berib, menga 40 rubl berdi.
10 yil maktabda dars berdik, bu yerga kelgandan keyin maktab yöqligi uçun bolalar boğçasida işladim, Özbek tilidan dars berdim. Kasal bölib qolganim uçun nogironlik nafaqasiga çiqib, uyda zerikib, bolalarga [ingliz tilini] örgatişni boşladim, Neçadir yil oldin sanaganimda 300 dan ziyod öquvçim bor edi. Turli davlatlarda – Amerikada, Ispaniyada ham öquvçilarim köp, ular mendan ham ötib ketgan.
Kiçik bolalarga fonetika, grammatikani pastdan örgatişni boşlayman. Bolalar çidasa keladi, qattiqqölman. Kim menga kelsa, talaffuzini yaxşi qilişga harakat qildim.
Abduhamid ota: Ingliz tili bizga baribir begona til, qaysi paytda bölsa ham ona tili yodda turadi, lekin begona til yoddan çiqib ketarkan.
Şarifa aya: Baribir qoladi, ustozim ingliz tilida öylaşingiz kerak, tuş körsanglar ham ingliz tilida köringlar, derdi.
Abduhamid ota: Universitetimiz katta urğuni talaffuzga bergan, salgina xato talaffuz qilsak ham gap eşitardik. Hozirgi paytda televizorlarda eşitamiz, umuman talaffuzini anglolmay qolasan kişi. Biz öqigan universitet nomi Kiyev çet tillari universiteti, 4 ta til öqitilardi: ingliz, fransuz, nemiz va ispan. Umumiy leksiyalar ukrain tilida bölardi, asta-sekin uni ham tuşunib ketdik. Ukrain tili çiroyli va yumşoq til, kundalik muloqotni eşitib, tuşunsa böladi.
Şarifa aya: Poyezddan tuşganimda qizlar bilan çemodan ustida ötirganman, xoxolab kuladigan odatim bor edi, bu kişi körib qolganlar.
Abduhamid ota: Qölga örgatilmagan gijinglagan ot böladi-yu, u şunaqa yovvoyi edi. 4-5 yil içida özimizga örgatib oldik. Dadasi [turmuş qurişimizga] rozi bölgan, zamonaviy inson bölgan.
Şarifa Ubaydullayeva va Abduhamid Nurmuhammedovning şaxsiy arxividan
Şarifa aya: Men Çiroqçida birinçi marta sariq ötni körib söradim: bu nima, öt yaşil böladi-ku, dedim. Hayron qolardim. Çiroqçida yölda ketsak, yiğlab ketardim, bu odamlar qanday yaşaydi, daraxt ham yöq, uyçalari kiçkina deb. Bu kişi aytardi: ular juda boy, yuzta yuzta qöyi, oti, mollari bor desalar, yoşlarimni artib hayron qolardim. Lekin şunday bolalarim bor, katta qizim öqituvçi. Toşkentda ixtisoslaşgan maktabda dars beradi, oliy toifali. Bitta öğlimiz svarkaçi, kanat yöllari, amfiteatr qurdi.
Abduhamid ota: Oilamizda 4 farzandimizdan 3 tasi oliy ma’lumotli. Bitta oliy ma’lumotli bölmagani svarkaçi öğlimiz. Onasi şuni oliy ma’lumotli qilolmadik, deb afsuslanadi. Men aytaman: “Sen afsuslanma, darvozangni taqillatib keladiganlar usta bormi deb keladi, meni söramaydi”. Obröyi katta, işini pişiq qiladi.
Uçinçi qizimiz ham öqituvçi. Tuğilganda qayçini uşlab olgan, doktorlar bu qiz hunarmand qiz böladi deyişgan. Rus tili va adabiyotini bitirdi, lekin bir kun ham işlamadi. Sartaroşlik kasbini egalladi, bekorga qayçini uşlab olmagan-da.
Şarifa aya: Furqatim kiçkinaligidan yonimda ötirardi, men dars ötardim, öşanda ingliz tilini örganib olgan, qornimda bölganida ingliz tilida kitoblar öqirdim, şu ham yordam berganmi, bemalol gaplaşa olardi.
Abduhamid ota: Mahalladagi pensionerlar hozir erta bilan 10 km piyoda yurib kelamiz, 20 dan ortiq pensioner erkaklar, 30 dan ortiq ayollar bor.
[Uzoq vaqt birga yaşaşning siri] bir-birini tuşunişda. Er xotinni, xotin erni tuşunişiga boğliq. Bir yoqadan boş çiqarib, şunça yildan beri bir birimizga çidab kelyapmiz.
Şarifa aya: Asosiysi, çidam. Qiyinçilik köp böldi. 10-11 ta uyga köçdik. Uydan, kiyimdan, ovqatdan – hammasidan qiynalib, asta-asta erişdik.
Şarifa Ubaydullayeva va Abduhamid Nurmuhammedov. Foto: Kun.uz
Abduhamid ota: 1972-73 yillarda öqituvçilar oyligi past bölgan. Bir yilça Qarşida institutda öqituvçilik qilib, oyligi pastligi uçun ketişga majbur böldim. Oilamiz: kiçkina bölsa ham tomoğimiz, kiyimimiz bor, şu tomondan qiynalganimiz uçun 1978 yildan keyin boşqa sohaga, texnika sohasiga ötib ketişga majbur böldim. 1978 yildan to şu kungaça texnika xavfsizligi muhandisi bölib işlaganman.
Şarifa aya: Qariyb 10 yil tikuvçilik qildim, oyligimdan borib sariyoğ, konfet olib kelib bolalarimga yedirardim. Işqilib ança yaxşi böldik.