Ukraina bir yilda 44 mlrd dollarlik mahsulot eksport qildi
2022 yilda Ukrainadan tovarlar eksporti pul ko‘rinishida 35 foizga, 44,1 milliard dollargacha, jismoniy ko‘rsatkichlarda esa 38,4 foizga, 99,8 million tonnagacha kamaydi.
Buni mamlakat iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Taras Kachka e’lon qilgan ma’lumotlar tasdiqlaydi.
«Oddiy sharoitda savdo ko‘rsatkichlari falokatli bo‘lib tuyulishi mumkin. Shunga qaramay, urushda bu yutuq: portlar blokadasi va infratuzilmaga doimiy hujumlar sharoitida - deyarli 100 million tonna mahsulotni eksport qilish. Bu eksport va logistika hajmi birinchi o‘ringa chiqqan birinchi yil», deb yozdi u Facebook'da.
Bundan oldin Germaniya rasmiylari Ukrainani qayta tiklash uchun sanksiyalar oqibatida muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilishni muhokama qilayotgani xabar berilgandi.
Bu boradagi yakuniy pozitsiya hali ishlab chiqilmagan. Ukrainadagi urushga aloqadorligi isbotlangan rossiyaliklarning aktivlarini musodara qilish — variantlardan biri bo‘lishi mumkin.
Bloomberg nashrining yozishicha, Germaniya hukumati ichida Rossiya aktivlarini musodara qilish masalasida haligacha yagona pozitsiya yo‘q.
Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya Markaziy bankining 2022 yil bahorida muzlatilgan oltin-valuta zaxiralarini musodara qilishni taklif etmoqda.
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10 / 05.11.2024