O‘zbekiston | 15:35 / 05.01.2023
20193
2 daqiqa o‘qiladi

Yanvarning ikkinchi 10 kunligida ayrim joylarda harorat -27 darajagacha pasayadi – O‘zgidromet

O‘zbekistonning shimoliy hududlari hamda  Buxoro va Navoiy viloyatlarida 9 yanvardan keskin sovuq tushishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Gidrometeorolog Erkin Abduhalatovning yozishicha, hozirda Skandinaviya yarimoroli sharqidagi sovuq antitsiklon markazi kelayotgan ikki uch kunlikda Rossiya g‘arbida haroratning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Masalan, poytaxt Moskvada 6-7 yanvar tunlari harorat minimumlari -25 daraja sovuq bo‘lishi prognoz qilingan.

Sovuq antitsiklon harakati avvaliga janub, so‘ngra sharqqa tomon yo‘naladi va 9-10 yanvarda Rossiya markazini egallaydi. Bunda asta-sekin O‘zbekistonning shimoliy hududlari ham antitsiklon chekka qismi ta’siriga tusha boshlaydi.

9 yanvardan O‘zbekistonning shimoliy viloyatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 3-8°sovuq bo‘ladi.

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 10-15 yanvarda respublika bo‘ylab havo harorati kechalari 12-17 sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuqqacha, Ustyurt va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida kechasi 25-27, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Xizmat ma’lumotiga ko‘ra, 10-15 yanvar kunlari janubiy viloyatlar va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid