Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakerlar millionlab Twitter foydalanuvchilarining ma’lumotlarini o‘g‘irlashdi
O‘g‘irlangan ma’lumotlar orasida 200 milliondan ortiq foydalanuvchining elektron pochta manzili bor.
Foto: AP
Hakerlar millionlab Twitter foydalanuvchilarining ma’lumotlarini o‘g‘irladi, deb xabar berdi kiberxavfsizlik bo‘yicha Hudson Rock kompaniyasi rahbari Alon Gal.
O‘g‘irlangan ma’lumotlar orasida ijtimoiy tarmoqning 200 milliondan ortiq foydalanuvchisi elektron pochta manzili bor.
Kompaniya vakili elektron pochtalarning o‘g‘irlanishini shaxsiy ma’lumotlar oshkor etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan juda «jiddiy voqea» deb atadi.
«Ma’lumotlar bazasi Twitter foydalanuvchilarining 235 million noyob yozuvlarini va ularning elektron pochta manzillarini o‘z ichiga oladi, bu esa, afsuski, ko‘p sonli hakerlik hujumlari, maqsadli fishing va doksingga olib kelishi mumkin. Bu tarixdagi eng jiddiy «o‘g‘riliklardan» biri», deyiladi kompaniya bayonotida.
Qayd qilinishicha, elektron pochta manzillari texnologik saytlardan birida oshkor etilgan va ular haqiqiy.
O‘tgan hafta «Ryushi» ismli haker 400 million Twitter foydalanuvchisining elektron pochtasi va telefon raqamlarini egallab olgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etilishicha, haker kompaniyaga ma’lumotlarni qaytarish va o‘chirish uchun 200 ming dollar talab qilgan.
Mavzuga oid
11:50 / 03.05.2026
Jyenevadagi pullar, hakerlar tahdidi va matbuot erkida pasayish - hafta dayjesti
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
18:54 / 10.04.2026
SIM-karta va bank kartasi egasi bir shaxs bo‘ladi: yangi tizim qanday ishlaydi?
20:34 / 08.04.2026