Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev sudda ko‘rsatma berdi
U Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan Buxoro sudida ishtirok etdi.
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqish davom etmoqda.
7 yanvar kuni sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevning ko‘rsatmalari eshitildi.
Xabarda uning qaysi savollarga javob bergani va qanday ko‘rsatma bergani keltirilmagan.
Biroq, sudlanuvchilar unga iltimos bilan yuzlanib, murojaatni prezidentga yetkazishni so‘ragan.
«Sudlanuvchilar qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini bildirib, kechirim so‘radilar va hurmatli prezidentimizga yetkazishni iltimos qildilar. Amanbay Orinbayev sudlanuvchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Qoraqalpog‘iston azamatlari ekanini, ularning iltimoslarini albatta yetkazishini ma’lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida yengillik berishni so‘radi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
23:22 / 05.09.2024
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan sud ishi boshlandi
23:52 / 01.03.2023
Prokuratura Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha yangi ish ayblanuvchilariga 5-12 yil qamoq jazosini so‘radi
22:13 / 28.02.2023