Oçiği, özimni zamonaviy, yangiliklarni qabul qila oladigan va şu bilan birga yaxşi an’analarga sodiq ziyoliman deb bilardim. Özi şunaqa, özimizga kelganda ijobiy va albatta, tezroq xulosa qilamiz...

Şu vaqtgaça “Şamsi-Qamar” teatr-studiyasi haqida bilmas ekanman. Moliyaviy va ma’naviy tomondan mustaqil bölgan bu teatr taşkil topganiga ham 15 yildan oşibdi.

Uşbu teatr jamoasi 6-11 oktyabr kunlari Samarqandda bölib turibdi. Samarqand şahridagi Art Station zalida monospektakl qöyyapti. Keça “Kafka va K”ni tomoşa qildim.

Kafkaning asarlarini bir neça marta öqiganman, “Jarayon”, “Evriliş”, “Otamga xat”... Kafka usluban juda şafqatsiz yozadi, buni köpçilik kitobxon yaxşi biladi. Özini ham, sizni ham ayovsiz foş etadi. Aytişni istamaganlaringiz, eslaşga uyaladiganlaringizni tilga çiqaradi.

Kafka asarlari asosida tayyorlangan “Kafka va K” monospektali 70 daqiqa davomida sizni joyingizga “mixlab qöyadi”. Ruhingizni burmalaydigan asar. Jamoa Kafkani özbeklaştirgan.

Art Station’ning kiçikroq zalida uşbu spektaklni 24-26 çoğli odam kördik. Teatr jamoasi tomoşalarini keng omma uçun möljallamayapti. Aminmanki, ular pul uçun ijod qilmayapti, çunki biz, yigirma çoğli odam tölagan pul joy ijarasi uçun ham yetmasligi tayin.

Spektakldan söng jamoa bilan suhbatlaşdik, fikr almaşdik. “Tomoşalarni ommalaştirsalaringiz bölarkan, yengil narsalar köpayib ketdi. Omma oddiy-baçkana narsalarni qabul qilyapti, örganib qolyapti. Ijodkorlar miyani qiynamayapti, siyqa narsalarni olib çiqiş köpaydi. Didimiz ötmaslaşyapti, maydalaşib ketdik”, dedim.

“San’at sotilmasligi kerak. San’atning bahosi yöq. Bizni öz tomoşabinlarimiz qayerda bölsak ham topib körişadi. Bu işlarni pul topiş uçun qilmayapmiz. Şuning uçun ham aktyorlar bizda uzoq işlab ketolmaydi. Ijodiy va moliyaviy mustaqil bölmasang, asl san’atni yarata olmaysan”, – deydi “Şamsi-Qamar” rahbari Qamariddin Ortiqov.

“Kafka va K” monospektalida bir kişi iştirok etadi – öğil. Bu rolni Muxtor Asrorov ijro etgan. Uning ijrosiga qandaydir ta’rif beriş ortiqça, qanday bölişi kerak bölsa, xuddi şunday öynadi rolini.

“Sözimni olti oy davomida yodladim”, – dedi Muxtor.