«Rojdestvo sulhi» amalga oshmadi - Baxmut va Xerson o‘qqa tutilishi davom etdi. Urush suratlari
Rossiya Rojdestvo munosabati bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilish arafasida ham Xersonga yangi zarbalar yo‘llagandi.

Ximena Borrazas / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
5 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 36 soat davomida Ukrainadagi urushda o‘t ochish rejimini to‘xtatishga buyruq berdi. 6 yanvar kun yarmidan 7 yanvar yarim tungacha davom etishi aytilgan rejim go‘yoki Rojdestvo munosabati bilan e’lon qilingan «ezgulik qadami» ekani aytildi.
Putinning aytishicha, bu qarorni mamlakat bosh ruhoniysi Patriarx Kirillning iltimosi bilan qabul qilgan. Putin pravoslavlar bayram qiladigan Rojdestvo kuni ukrainaliklar cherkovlarga bemalol borishi uchun shunday qarorga kelganini iddao qildi.
Putinning bu chiqishi chindan ukrainaliklarga yaxshilik qilish uchun ekani va uning gaplari samimiy bo‘lganiga ko‘pchilik ishongani yo‘q. Chunki Putinning o‘zi urush boshlanishidan bir necha kun avval ham Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasligini aytgandi. Shu bois xalqaro maydonda uning o‘ziga xos «Rojdestvo sulhi» e’lon qilgani ham urushga bog‘liq hiyla bo‘lishi mumkin deb qaraldi. Putin «Rojdestvo yarashuvi» e’lon qilishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Patriarx Kirill bu haqda gapirganda ko‘pchilik orqasidan Putin chiqib go‘yoki «ezgulik qadami» sifatida (xuddi rus askarlari Ilonli orolini tashlab ketgani kabi) «Rojdestvo sulhi» e’lon qilishini taxmin qilgandi. Bu bayonotidan avval Putin Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an bilan telefonda gaplashgan va turkiyalik hamkasbi Putinga «bir tomonlama sulh» e’lon qilish taklifini bergandi.
Ukraina keskin javob qaytardi
Kiyev Putin bu «yarashuv» haqida e’lon qilishidan avval bu borada gap bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Kirillning bayonotidan keyin Ukraina prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak bu Rossiya tomonidan qo‘yiladigan tuzoq va navbatdagi propaganda vositasi ekanini aytgandi.
Putinning bayonotidan keyin ham aynan Podolyak birinchi bo‘lib rasmiy Kiyevning pozitsiyasini ma’lum qildi: «Birinchidan, Ukraina Rossiya kabi birovning yerini bosib olgani yo‘q va Rossiya kabi oddiy fuqarolarni o‘ldirmayapti. Ukraina o‘z hududiga kelgan bosqinchi armiya vakillarini o‘ldirmoqda. Ikkinchidan, Rossiya bosib olgan hududlarni tark etishni boshlasa, ana shu «vaqtincha yarashuv»ning boshlanishi bo‘ladi. Ikkiyuzlamachiligingiz o‘zingizga siylov», deb yozdi Podolyak o‘zining Twitter sahifasida.
Keyinroq Ukraina Xavfsizlik va mudofaa kengashi raisi Aleksey Danilov chiqish qilib, hech qanday yarashuv haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini aytdi: «Keling, bo‘ladigan gapni gaplashaylik, ular kimga sulh taklif qilishmoqda? O‘zlarigami? Hech qanaqa kelishuv bo‘lmaydi. Ana u pop (Kirill nazarda tutilmoqda. – tarj.) ularga bir sana o‘ylab topdi, bu bizga aloqador emas. Bu bizning yerimiz va bu yerda to‘g‘ri deb bilgan ishimizni qilamiz. Siz yaxshisi ko‘ch-ko‘roningizni yig‘ishtirib, tuyog‘ingizni shiqillating», dedi Danilov.
AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Putin qisqa muddatli «yarashuv» e’lon qilish orqali biroz nafas rostlab olishni niyat qilgan: «Rossiya bolalar bog‘chalari, kasalxona va cherkovlarni katoliklar Rojdestvosida ham, Yangi yil bayramida ham portlatishdan to‘xtamadi. Menimcha, bu ishi orqali (Putin) nafas rostlab olmoqchi», dedi Bayden jurnalistlarning bu bayonotni izohlashini so‘raganiga javoban.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putinning bu bayonotiga shunday munosabat bildirdi: «Hozir ular yigitlarimizning oldinga siljishlarini biroz ortga surish umidida Rojdestvodan o‘zlariga panoh sifatida foydalanmoqchi. Shuningdek, o‘qdori, harbiy texnika va safarbar qilinganlarni bizga yaqinroq joyga olib kelishmoqchi. Bu ularga nima beradi? Faqat qurbonlar soni oshishini.
Butun dunyo tushunib turibdiki, Rossiya yangi kuch bilan urushni davom ettirish uchun nafas rostlab olmoqchi. Urushni tezroq tugatish uchun esa boshqa narsa kerak: hech bo‘lmasa shu 36 soat ichida rossiyaliklar o‘zlarining Kremldagi bir odamga nisbatan sharmandali qo‘rquvlaridan voz kechishlari lozim. Urush Rossiya askarlari yerlarimizdan chiqib ketganda yoki biz ularni haydab chiqarganda tugaydi», dedi Ukraina yetakchisi.
2014 yildagi Rossiya bosqinidan keyin o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, 2022 yil boshlangan navbatdagi bosqin vaqtida Rossiya safiga qo‘shilgan «DXR»ning ruslar tayinlagan rahbari Denis Pushilin Putinning bayonotidan keyin bir qarashda Rossiya prezidentining buyrug‘ini ikki qiluvchi bayonot berdi: «Qaror intensiv harakatlarga tegishli, lekin bu dushmanning provokatsiyasiga jim qarab turamiz degani emas», dedi Pushilin «favqulodda jasorat bilan».
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Putin bayonot berishidan avval unga «muloqotga tayyorligini ko‘rsatish uchun» harbiy harakatlarni bir tomonlama to‘xtatishni taklif qilgandi. Putin turkiyalik hamkasbiga muloqotga tayyorligini bildirgan. Ammo Putin harbiy harakatlarni to‘xtatgani yo‘q, shunchaki 36 soat davomida qisqa muddatli o‘t ochish rejimini to‘xtatishni e’lon qildi.
Rus harbiy blogerlar nima deyishdi?
Urush avvalida «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» bayrog‘i ostida birlashgan rossiyalik harbiy blogerlar oxirgi vaqtlarda shunchalik qat’iyatli bo‘lib ketishdiki, ular bugun har qanday harbiy rahbarni tanqid va hatto haqorat qilishyapti. Putindan tashqari, albatta. Ayniqsa Telegram'dagi «voyenkor»lar bugun Rossiyaning bosh propagandachilari Solovyov, Simonyan va Skabeyevalardan ham mashhur bo‘lib ketishdi.
Bu blogerlar Putinning «yarashuv» haqidagi bayonotini qoralab chiqishdi. Ularning aksari Ukraina bu rejimga amal qilmasligi, ularga bu befoyda ekanini iddao qilgan bo‘lsa, Erdo‘g‘anning gapi Putinga shunchalik ta’sir qilganidan hayratlanganini yashirmaganlar ham bo‘ldi.
«Kimdan qarzim bo‘lsa, hammani kechiraman»
Siyosatchi Tatyana Stanovaya Rossiya mudofaa pozitsiyasida turib o‘t ochish rejimi e’lon qilgani g‘alati holat ekani haqida gapirib qiziq o‘xshatish qildi: «Bu xuddi kimdan qarzim bo‘lsa, hammasini kechirdim, deganga o‘xshaydi. Putin bu Rojdestvo kelishuvi bilan o‘zicha tarixda yaxshilikka intilgan inson bo‘lib qolmoqchi bo‘lyapti. O‘zining nazdida, albatta».
Siyosatchining fikricha, Putin Makiyivkadagi portlashdan keyin yuzlab rossiyalik askar halok bo‘lgach, shunday pauza olishni maqsad qilgan. Chunki Ukraina tomoni 400 nafar safarbar qilingan rossiyalik o‘lganini aytayotgan o‘sha portlash yangi yil kirishi bilan, Putin rossiyaliklarga bayram tabrigini yo‘llayotgan vaqtda sodir bo‘ldi. «Putin Rojdestvoda ham shunga o‘xshash «sovg‘a» olishdan qo‘rqmoqda», deydi Stanova.
Ukraina tomoni 7 yanvar Moskva vaqti bilan tungacha Rossiya tomoni Ukraina bo‘ylab qanotli raketalar va Eron dronlari bilan hujum qilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Putin e’lon qilgan «yarashuv» vaqtida Ukrainaning hozirda Rossiya nazoratida bo‘lgan hududlaridagi cherkovlarda portlashlar bo‘lishi mumkinligi aytildi.
Ukraina bu sulhni rad etdi. Rossiya ham unga to‘liq rioya etgani yo‘q: Baxmut atrofida harbiy harakatlar davom etdi (bu hududdagi janglarda «Vagner» otryadlari jang qilmoqda, Putinning armiyaga qaratilgan «topshirig‘i» esa rasman bu guruhga taalluqli bo‘lmaydi) va Xerson o‘qqa tutilishi odatiy rejimda davom etdi. Shu tufayli ko‘plab ukrainalik dindor harbiylar rojdestvo ibodatlarini bombapanagohlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Vladimir Putin tomonidan 6 yanvar kuni e’lon qilingan «Rojdestvo sulhi»ga amal qilganini ma’lum qildi — shu bilan birga, ular baribir Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yo‘llangan zarbalarga javob qaytarilgani tan olingan.
Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Baxmutda bir kun ichida rossiyaliklarning zarbalaridan ikki kishi halok bo‘lgan, yana 13 yaralangan. «LXR»dagi Lutugino shahrida 7 yanvar kuni magistral gaz uzatish quvurida portlash va yong‘in ro‘y berdi, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, 11 ming abonent gazsiz qolgan.
Donetsk oblastida otishmalar vaqtidagi Rojdestvo ibodati

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Putin «sulh» e’lon qilganiga qaramay, Baxmut va Xerson bo‘ylab zarbalar yo‘llanishi davom etdi

Carlo Cozzoli / IPA MilestoneMedia / PA Images / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Pierre Crom / Getty Images

Pierre Crom / Getty Images
Ukraina kuchlarining Kreminna atrofidagi pozitsiyalari
Luhansk oblastidagi Kreminna shahri — frontdagi qaynoq nuqtalardan biriga aylandi. So‘nggi haftalarda bu hududda Ukraina qurolli kuchlari hujum qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy shahar uchun «og‘ir janglar» ketayotganini tan olgan.

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastida ham hujum harakatlarini kuchaytirmoqda — Peski posyolkasi 2022 yil davomida shiddatli janglar maydoniga aylandi.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk va Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Nikolay Trishin / TASS

Nikolay Trishin / TASS
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
Sport | 19:12
-
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi
Jahon | 19:00
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
Mavzuga oid

17:25
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:28 / 17.05.2025
Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

15:15 / 17.05.2025