Özbekiston prezidentining topşiriği bilan, haydovçilarga yengillik yaratişga qaratilgan hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.
Kameralar yöl çiziğini bosganlik uçun jarima yozmaydi
1 iyundan boşlab yöl çiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etiş holatlarini avtomatlaştirilgan foto-video qayd etiş moslamalari orqali qayd etişga yöl qöyilmaydi. Töxtaş çiziği – “stop-liniya” bundan mustasno.
“Haydovçi çiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravişda jarima yozilmaydi. Lekin YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik örnatilgan tartibda rasmiylaştiriladi”, – deya aniqlik kiritdi Asadov.
Şaharlarda 07:00 dan 21:00 gaça yöl ta’mirlaş işlarini olib boriş taqiqlanmoqda
1 iyundan boşlab, şaharlarda avtomobil yöllarini ta’mirlaş yoki yöl çiziqlarini çiziş bilan boğliq işlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oşirişga yöl qöyilmaydi. Dam oliş kunlari, şuningdek, keçiktirib bölmaydigan alohida holatlar bundan mustasno.
“Ta’mirlaş va yöl çiziqlarini yangilaş işlari endi kunduzi emas, faqat keçasi – yöllardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oşiriladi. Bu özgariş fuqarolarning kundalik işga boriş-keliş, farzandini maktabga olib boriş yoki şifoxonaga yetib olişni osonlaştiriş bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelişini oldini oladi”, – deya izoh berdi prezident matbuot xizmati.
Radar bor joyda “Radar” yöl belgisini örnatiş majburiy böladi
1 sentabrdan boşlab, harakat tezligini nazorat qilişga möljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylaşgan hududda “Radar” yöl belgisining örnatilişi majburiy böladi.
“Radar” yöl belgisi radar joylaşgan joydan kamida 250 metr, köpi bilan 500 metrgaça bölgan masofada örnatiladi.
Keçasi jamoat transporti yölagida yurişga ruxsat berildi
Bugundan boşlab, soat 23:00 dan 06:00 ga qadar yönalişli transport vositalari uçun alohida ajratilgan tasmalarda boşqa transport vositalarining harakatlanişiga ruxsat berildi.







