Keça Istanbulda ötgan muzokaralarda Rossiya vakillari Ukrainaga yana ikkita oblastini egallab oliş bilan tahdid qilgan, şuningdek, Putin va Zelenskiyning uçraşuvi masalasi muhokama qilingan.
«Biz abadiy jang qilolamiz, siz-çi?»
Rossiya muzokaraçilari yetakçisi tarixçi Vladimir Medinskiy keçagi muzokara vaqtida tabiiyki tarix haqida gapirişga ulguribdi. Rusçasiga aytganda, "kak jye bez etogo". Albatta, muzokaralarda nimalar gaplaşilgani haqida har ikki tomon qisqagina bayonotlar bilan çeklandi, lekin biz axborot asrida yaşayapmiz, muzokara haqida gaplar allaqaçon sizib çiqişni boşladi.
Işonçli manba hisoblanmiş The Economist jurnali muxbiri Oliver Kerrooll vaziyatdan xabardor manbasiga asoslanib bir qança insayd xabarlar çiqardi. Xususan, uning yozişiça, Rossiya tomoni Ukrainaga Sumi oblastida bufer zona yaratmoqçi ekani, kerak bölsa, Sumi va Xarkivni egallab olişi bilan tahdid qilgan.
Rossiyalik muzokaraçilar yetakçisi, Putinning yordamçisi Medinskiy Rossiya uruş istamasligini aytgan va quyidagi sözlarni aytgan. Diqqat bilan eşiting. «Biz uruş istamaymiz, lekin bir yil, ikki yil, uç yil, qança vaqt ketsa jang qilişga tayyormiz. Biz Şvetsiya bilan 21 yil uruşganmiz, siz qança uruşa olasiz?» degan tarixçi Medinskiy. «Ehtimol bu stol atrofida ötirganlar yanada köproq yaqiqnlarini yöqotadi, lekin Rossiya abadiy jang qilişga tayyor», deb qöşimça qilgan Rossiya sobiq madaniyat vaziri Medinskiy.
Rossiya muzokarada Sumi oblastini egallab oliş bilan tahdid qilgani haqida avvalroq ukrainalik deputat Aleksey Gonçarenko ham yozgandi.
«Ular tarixni bilmaydi»
Medinskiy delegatsiya rahbari bölganidayoq muzokaralarda juda köp tarix haqida va’zlar yangraşi aniq edi. Taxminlar özini oqladi, örtoqlar. Rossiya muzokara davomida 30 kunlik öt oçişni töxtatiş talabini keskin rad etgan va Kiyev vakillariga faqat Donetsk, Luhansk, Xerson, Zaporijjyadan, diqqat qiling, Ukrainaniki ekani xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan yerlardan ukrain qöşinlari çiqib ketsagina öt oçişni töxtatiş haqida gaplaşiş mumkinligini aytişgan.
Keyinroq tarixçi Medinskiy amalda bu ma’lumotni tasdiqlab Rossiya telekanaliga intervyu berdi. Rossiya sobiq madaniyat vaziriga köra, tinçlik muzokaralaridan avval öt oçişni töxtatişni söraganlar tarixdan bexabar ekan. Uruş va muzokaralar esa janob Medinskiyning aytişiça, doim parallel davom etgan ekan. Janob Medinskiy bu intervyusida hatto Otto fon Bismarkni tilga olişga ham ulgurdi.












