Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Istanbuldagi uçraşuvidan bir kun ötib, Rossiya qöşinlari 18 mayga ötar keçasi Ukraina hududiga turli rusumdagi 273 ta dronni uçirdi. Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari qayd etişiça, bu – rossiyaliklarning keng kölamli uruş boşlanganidan beri eng yirik dronlar hujumi böldi.

Kiyevning Obuxovskiy rayonida 28 yoşli ayol halok böldi, deb xabar berdi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Mikola Kalaşnik. Uning oilasi ham jabrlangan: tört yoşli öğli oskolkali jarohatlar bilan şifoxonaga yetkazilgan, şuningdek, uning 59 yoşli bobosi va 61 yoşli buvisi ham kasalxonaga yotqizilgan, deya aniqlik kiritdi Kalaşnik. Kiyevning Fastov rayonida hujum oqibatida omborxonalar va xöjalik binosi vayron bölgan, ikkita xususiy uyga zarar yetgan. Kalaşnikning sözlariga köra, Kiyev va şu nomli oblastga 150 dan ortiq dron hujum qilgan.

Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari ma’lumotiga köra, 273 ta zarbdor drondan 88 tasi urib tuşirilgan, 128 ta «imitator dron» esa qulab tuşgan va jiddiy zarar yetkazmagan. Kiyev oblastidan taşqari, Dnipropetrovsk va Donetsk oblastlariga ham dronlar uçib kelgan.

Bundan oldingi şu kabi yirik hujum 2025 yil 23 fevralida, uruş boşlanganining uç yilligi arafasida kuzatilgan — öşanda Rossiya qöşinlari bir keça davomida öşa vaqt uçun rekord darajadagi 267 ta uçuvçisiz uçar qurilmalar bilan hujum uyuştirgandi.