Qonun bilan amaldagi Bojxona va Soliq kodekslariga, «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisida»gi Qonunga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq qöşilgan qiymat soliği stavkasi (QQS) 15 foizdan 12 foizga pasaytirilmoqda. Bu imtiyoz natijasida tadbirkorlarning ixtiyorida 14 trillion söm miqdorda mablağ qolib, undan öz faoliyatlarini yanada kengaytirişda foydalanişlari mumkin.
Aylanmadan olinadigan soliq stavkalarni, 4 foizlik yagona stavkani saqlab qolgan holda 14 ta faoliyat turi böyiça 4 foizdan 25 foizgaça unifikatsiya qilinmoqda.
Aylanmadan olinadigan soliq tölovçilarga tovar aylanmasi 500 million sömgaça bölganda yiliga 20 million söm, 500 million sömdan yuqori bölganda 30 million söm miqdorida qat’iy belgilangan soliqni har oyda teng uluşlarda tölaşni tanlaş huquqi berilmoqda. Bunda soliq tölovçilar buxgalteriya hisobini majburiy yuritiş va ayrim hisobotlarni topşiriş hamda sof foydasidan dividend soliğini tölaşdan ozod etiladi.
Qonunda kiçik va örta biznesni rivojlantirişni rağbatlantirişga qaratilgan muhim özgarişlar nazarda tutilib, tovar aylanmasi 1 milliard sömdan oşgan kiçik biznes toifasiga kiruvçi tadbirkorlar uçun 1 yil davomida foyda soliği stavkasi 2 baravarga pasaytirilişi belgilanmoqda. Kiçik biznesdan örta biznes toifasiga ötgan tadbirkorlar uçun 2 yil davomida foyda soliği stavkasi 2 baravarga pasaytirilmoqda.
Soliq tölovçilarga qöşimça yengilliklar yaratiş maqsadida 1 yanvardan boşlab jismoniy şaxslar öz daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplaşga yönaltirganda soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdori amaldagi 15 million sömdan 73,6 million sömgaça oşirilmoqda.
Eksport qilişdan olingan daromadlar hajmining uluşidan qat’iy nazar (amalda daromadning 15 foizidan köproğini taşkil etsa), eksport qilingan tovarlar (xizmatlar) qismiga nisbatan foyda soliği va aylanmadan olinadigan soliq solinmasligi belgilanmoqda.
Soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirişga qaratişning belgilangan muddati amaldagi 30 kundan 60 kungaça uzaytirilmoqda.
Kiçik va örta biznes toifasiga kiruvçi tadbirkorlar uçun soliq tölovlarini 6 oyga foizsiz bölib-bölib tölaş huquqi berilmoqda.
Budjet daromadlari barqarorligini ta’minlaş maqsadida jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği, cuv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq va qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer soliğining bazaviy stavkalari, aksiz soliği, ayrim soliqlar böyiça stavkalar inflatsiya darajasi doirasida indeksatsiya qilinmoqda.

















