Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Normativ hujjatlarni ishlab chiqishda «aqlli tartibga solish» loyihasi joriy etiladi
“Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Prezidentga hisobdor bo‘lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Institut normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish ta’sirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etishda amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi.
Qarorga ko‘ra, institut tomonidan o‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.
Mavzuga oid
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
07:33 / 21.02.2026