Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirmoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya strategik sherikligining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
2023 yilda hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini topish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, eksport va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aloqalarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, yaqin kelajakda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishildi.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026