Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Ma’lum qilinishicha, bolalar orasida O‘RK va koronavirusga chalinishning oxirgi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuzga to‘g‘ri kelgan. “Hozir holat barqaror, xastalanish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan”, deya internetdagi mish-mishlarni rad etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalar orasida koronavirus ko‘payib borayotgani haqida mish-mishlar tarqala boshlagach, Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.
“Bolalar orasida o‘tkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qo‘shimcha shifo o‘rni yaratilgan edi.
Hozir holat barqaror bo‘lib, xastalanish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Qayd etilishicha, agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa o‘tkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu bo‘yicha rasmiy axborot beriladi.
“Hurmatli yurtdoshlar! Qishki iqlim sharoitida farzandlaringizning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy e’tibor bering! Bu xildagi feyk xabarlarga ishonmang!” – deya aholiga murojaat qilgan SSV.
Mavzuga oid
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024