Germaniya Afrikani Yevropa Ittifoqi bilan Putinga qarshi birlashishga chaqirdi
Afrika Ittifoqi Yevropa Ittifoqi kabi qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, deb ma’lum qildi Annalena Berbok. Uning ta’kidlashicha, Putin bilan qarama-qarshilikda Yevropa butun dunyo bo‘ylab hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj.
Germaniya va Fransiya Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqini Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuziga qarshi birlashishga chaqirdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 13 yanvar, juma kuni Afrika Ittifoqi qarorgohi joylashgan Efiopiya poytaxti Addis-Abebaga tashrifi chog‘ida: «Biz yevropaliklar, Yevropadagi dunyo tartibimizga Rossiyaning bosqinchilik urushi hujumi ostida bo‘lgan hozirgi vaqtda butun dunyodagi do‘stlarimiz va hamkorlarimiz yordamiga muhtojmiz», deb ma’lum qildi.
«Umumiy dunyomizda biz ushbu umumiy inqiroz va muammolarni birgalikda yengishimiz mumkin. Afrika Ittifoqi Yevropa Ittifoqi bilan bir xil qadriyatlarni - tinchlik, xavfsizlik va erkinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa, global inqirozlar - Yevropa tartibiga hujum, Afrikadagi mojarolar, iqlim va oziq-ovqat inqirozi davrida juda muhimdir», dedi Berbok.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari yana BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi. Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik kengashidagi doimiy o‘rinlar soni ko‘paytirilishi kerak, ikkitasi Afrikaga ajratilishi kerak.
Annalena Berbokka hamrohlik qilayotgan Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna ko‘p tomonlama hamkorlik hozir har qachongidan ham muhimroq ekanini ta’kidladi. «Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi BMT Nizomining asosiy tamoyillariga tahdid soladi», deb tushuntirdi Kolonna.
O‘z navbatida, Afrika Ittifoqi raisi Musa Faki Mahamat Afrika va Yevropa o‘rtasidagi samarali hamkorlikni ta’kidlab, Yevropa Ittifoqi o‘n yildan ortiq vaqt davomida Somalidagi eng muhim hamkor bo‘lib kelganini eslatdi. «Germaniya va Fransiya bizni ayniqsa Sahel zonasida terrorizm va zo‘ravonlikka qarshi kurashda kuchli qo‘llab-quvvatlaydi», dedi Mahamat.
Mavzuga oid
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
01:00 / 31.10.2024