Afrikada qit’adagi ilk megaaeroport qurilişi boşlandi
|13:31 / 11.07.202611 9134 min
Efiopiyada yiliga 110 million yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega bölgan Bishoftu xalqaro aeroporti qurilişiga start berildi. Loyiha töliq amalga oşirilsa, u nafaqat Afrikadagi, balki dunyodagi eng yirik va eng gavjum aviatsiya markazlaridan biriga aylanişi mumkin.
Şarqiy Afrikada 2026 yil yozida qit’a aviatsiyasi tarixidagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biriga asos solindi. Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan taxminan 35 kilometr uzoqlikda barpo etilayotgan Bishoftu xalqaro aeroporti kelajakda Afrika, Yevropa, Osiyo va Yaqin Şarqni boğlovçi yirik tranzit markaziga aylantirilişi rejalaştirilgan.
Loyihaga köra, yangi aeroport yiliga 110 million nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böladi. Bu körsatkiç hozirgi kunda dunyodagi eng yirik aeroportlar sanaladigan Londonning Xitrou, Istanbul, Dubay hamda Atlantadagi Xarsfild—Jyekson aeroportlarining köpçiligidan ham yuqori. Afrika aviatsiya bozori jadal ösmoqda
Mutaxassislar qayd etişiça, 2025 yil mayidan 2026 yil mayigaça Afrika aviakompaniyalarining umumiy yölovçi siğimi 6,7 foizga oşgan. Bu taxminan 24 millionta qöşimça yölovçi örni yaratilganini anglatadi.
Taqqoslaş uçun, şu davrda Janubi-Şarqiy Osiyoda ösiş 1,7 foizni, Yevropada 2 foizni taşkil etgan. Jahon böyiça örtaça ösiş sur’ati esa 1 foiz atrofida bölgan.
Tahlilçilarning prognozlariga köra, keyingi yigirma yil davomida Afrikada aviayölovçilar soni har yili örtaça 4 foizdan ziyod sur’atda ösib boradi. Yangi aeroport Addis-Abebani almaştiradi
Hozirgi kunda Efiopiyaning asosiy aviatsiya darvozasi — Addis-Abebadagi Bole xalqaro aeroporti bölib, u yiliga 20 milliondan ortiq yölovçiga xizmat körsatadi. Biroq mutaxassislar fikriça, mavjud aeroport yaqin yillarda öz quvvatining eng yuqori çegarasiga yetadi.
Şahar qurilişi aeroport atrofini töliq qamrab olgani bois uni kengaytiriş juda qimmat va murakkab hisoblanadi. Şu sababli yangi aeroport uçun şahar taşqarisidagi katta hudud tanlangan.
Bishoftu oddiy aeroport emas, balki töliq boşli «aeroport-şahar» sifatida quriladi.
Loyiha doirasida zamonaviy terminallardan taşqari mehmonxonalar, savdo markazlari, ofis binolari, logistika markazlari, yuk terminallari va xizmat körsatiş infratuzilmasi barpo etiladi.
Quriliş uçun ajratilgan hudud 35 kvadrat kilometrni taşkil etadi. Bu London Xitrou aeroporti hududidan qariyb uç barobar katta.
Barça terminallar markaziy öq orqali özaro boğlanadi. Arxitektura konsepsiyasi Efiopiya hududidan ötuvçi Buyuk Rift vodiysidan ilhomlangan bölib, yölovçilar uçun terminallar örtasidagi masofani qisqartirişga xizmat qiladi.
Loyiha yuk taşiş markaziga ham aylanadi
Efiopiya dengizga çiqiş imkoniga ega bölmagan davlat hisoblanadi. Şu bois yangi aeroportda yuk taşiş infratuzilmasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Rejaga köra, aeroport yiliga 4 million tonnagaça yuk qabul qiliş va qayta işlaş imkoniyatiga ega böladi. Bu uni dunyodagi eng yirik yuk aviatsiya markazlaridan biriga aylantirişi mumkin.
Afrika uçun strategik ahamiyatga ega loyiha
Efiopiya mazkur aeroport orqali Dubay va Istanbul kabi global tranzit markazlari bilan raqobat qilişni maqsad qilgan.
Loyiha Afrika qit’asining Erkin savdo hududi (AfCFTA) taşabbusi bilan ham uyğunlaşadi. Şuningdek, Ethiopian Airlines aviakompaniyasining xalqaro marşrutlar tarmoğini yanada kengaytiriş va Afrikani jahonning yirik aviatsiya bozorlari bilan boğlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikriça, 110 million nafar yölovçi körsatkiçiga erişiş oson bölmaydi. Biroq Afrika aviatsiya bozorining jadal ösişi va yangi transport yölaklariga ehtiyoj Bishoftu aeroportini kelgusida qit’aning eng muhim havo darvozalaridan biriga aylantirişi mumkin.