Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli Kuchlar qoshidagi tayyorlov markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Mudofaa vazirligiga qarashli O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tayyorlov markazi uchun yangi bino foydalanishga topshirildi.

12 yanvar kuni zamonaviy tayyorlov markazi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qurolli Kuchlar qoshidagi tayyorlov markazi qariyb 20 yil avval tashkil etilgan. Ammo markaz alohida o‘quv binosi, yotoqxona, oshxona bilan ta’minlanmagan edi. Endilikda markazda bu sharoitlarning hammasi mavjud. Yangi bino qurilishi Golden House kompaniyasi tomonidan 2021 yilning noyabr oyida boshlandi va joriy yil boshida mazkur bino foydalanishga topshirildi.



Markazda NATOning maxsus dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va hamkor davlatlar harbiy xizmatchilarini xorijiy tillarga o‘qitish, NATO standartlari asosida harbiy kadrlarni tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 300 nafar tinglovchini 8 ta xorijiy tillarda o‘qitish mumkin.

Shuningdek, alohida batalongacha bo‘lgan bo‘linma harbiy xizmatchilariga xorijiy tillarni onlayn tarzda o‘qitish imkoniyati ham yaratilgan.
Markazning o‘quv binosida 34 ta o‘quv sinfi, 8 ta multimedia laboratoriya xonasi va 3 ta axborot-resurs markazlari xalqaro standartlar asosida zamonaviy o‘quv-moddiy baza bilan jihozlangan.


1-qavatda muzokaralar va mehmonlarni kutib olish xonalari joylashgan bo‘lib, xorijiy hamkor armiyalar bilan harbiy hamkorlik tadbirlari ushbu joyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaz tarixida ilk marotaba videokonferensaloqa tizimi orqali xorijiy davlatlar bilan onlayn mashg‘ulotlar, uchrashuvlar, konferensiya va seminarlar o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Harbiy xizmatchilar uchun barcha kerakli sport anjomlari bilan jihozlangan zamonaviy trenajyor zali bor va bu yerda bir vaqtning o‘zida 50 kishidan ortiq tinglovchi shug‘ullanishi mumkin. Markaz oshxonasi autsorsing asosida faoliyat olib boradi.
Mavzuga oid
22:38 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga imtiyoz va kafolatlar beriladi
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
21:47 / 06.04.2026
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
18:43 / 03.03.2026