Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Toshkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxona gaz tarmog‘idan o‘chirildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, «O‘zneftgazinspeksiya» va «Toshkenttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.
Issiqxona Toshkent tumani, «Guzar» mahallasi Yoshlik ko‘chasida yashovchi fuqaro M. Sh. xonadoniga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan. Haqiqatan ham xonadon egasi tomonidan issiqxonani isitish uchun gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Xususan, issiqxonada 1 dona nostandart (qo‘lbola) isitish qozoni o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi va tarmoqdan o‘chirildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Issiqxona tomonidan yetkazilgan zarar miqdori 39 mln 443 ming so‘mni (39 ming 443 kub metr tabiiy gaz) tashkil etdi.
Mavzuga oid
17:40 / 07.07.2026
Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli - Energetika vazirligi
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026