Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ham qishki ta’til muddati uzaytirildi
Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalariga ta’til uzaytirilib, darslar 23 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.
“Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani tufayli Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023 yil 23 yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi”,– deyiladi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi(hozirgi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmasi)ning xabarida.
Ma’lumot uchun, avvalroq Buxoro viloyati hokimligi hududdagi barcha ta’lim muassasalari uchun darslar 23 yanvardan boshlanishini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
18:30 / 05.05.2026