Bugun, 17 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat taşrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – uşbu mamlakat prezidenti Halima Yoqub va boş vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bölib ötdi.

Özbekiston-Singapur sammitidan avval Singapur prezidentining «Istana» saroyida davlatimiz rahbarini rasmiy kutib oliş marosimi böldi.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Halima Yoqub faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Söng Özbekiston  prezidenti şarafiga Singapurning milliy ramzi bölgan orxideya gulining yangi naviga nom beriş marosimi bölib ötdi. Bunday tadbirlar an’anaviy ravişda uşbu mamlakatning oliy martabali mehmonlari va taniqli arboblarga yuksak hurmat va ehtirom belgisi sifatida ötkaziladi.

An’anaga köra, Prezident Şavkat Mirziyoyev gulning yoniga yangi turdagi orxideyaning nomi - «Şavkat Mirziyoyev orxideyasi» deb yozilgan taxtaçani joylaştirdi.

Uşbu körkam va yoyilib ösuvçi gul Encbi Purple va Kila Blue orxideyalarining gibridi hisoblanadi. Uzunligi 45 santimetr bölgan qat-qat yaproqli qöşgullar, ularning har birida 17 tadan 20 tagaça gul hosil qiladi, har bir gulning eni 5 santimetr atrofida. Oç siyohrang barglar va kosaçabarglarning çeti mayin binafşarang.

Şundan söng prezidentlar ikki tomonlama uçraşuv ötkazdilar.

Özbekiston va Singapur örtasidagi munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş istiqbollari, ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlaştiriş borasidagi islohotlar yuzasidan fikr almaşildi.