Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni Suriya neftini o‘g‘irlashda ayblamoqda
Avvalroq Suriyaning SANA agentligi AQSh harbiylari Suriyadan Iroqqa neft va bug‘doy solingan 60 ta yuk mashinasini olib ketgani haqida xabar bergan edi.
Foto: Anadolu Agency
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi (TIV) rasmiy vakili Van Venbin bayonotiga ko‘ra, Pekin AQShdan Suriyada o‘g‘irlangan neft bo‘yicha tushuntirish talab qilmoqda.
Diplomatning ta’kidlashicha, Suriya energetika resurslarining AQSh tomonidan o‘g‘irlanishi Yaqin Sharq davlatidagi energetika inqirozi va gumanitar falokatni yanada kuchaytiradi.
Vanning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylari «Suriya xalqining yashash huquqiga shafqatsizlarcha tajovuz qilmoqda». Oqibatda, neft, oziq-ovqat taqchilligi tufayli Suriya aholisi uchun qish yanada sovuqroq bo‘lishi mumkin. Diplomatning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyaga nisbatan ochko‘zlik qilyapti. Biroq, xorijiy davlatlarga harbiy yordam ko‘rsatishda saxiylik ko‘rsatmoqda.
«Ammo, AQSh «olyaptimi» yoki «beryaptimi», natija har doim bir xil – o‘z manfaatlari va gegemonligini himoya qilish maqsadida boshqa mamlakatlarni beqarorlik va falokatga solib qo‘yish, bu Vashington qoidalariga tayanadigan xalqaro tartib tomonidan yaratilgan haqiqatdir», dedi Van Venbin.
Avvalroq Suriyaning SANA agentligi AQSh harbiylari Suriyadan Iroqqa neft va bug‘doy solingan 60 ta yuk mashinasini olib ketgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
19:34 / 13.02.2026
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
19:09 / 13.02.2026
Davlatlararo vositachi: Epshteyn ishidagi siyosiy detallar
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
14:24 / 13.02.2026