Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Depay «Atletiko» futbolchisiga aylandi
«Barselona» hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Madrid klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Foto: AP
«Atletiko» rasmiy sayti xabariga ko‘ra, niderlandiyalik hujumchi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolangan.
Avvalroq, Madrid klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone «Chelsi»ga yo‘l olgan Joau Felish o‘rniga aynan Depayni taklif etishni istagani, Memfis o‘rniga madridliklar yarimhimoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko Kataloniya klubiga yo‘l olishi xabar qilingandi. Bunday kelishuv amalga oshmasa, «Atletiko» amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadigan Depay uchun 4 million yevro transfer puli to‘lashi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yildan buyon kataloniyaliklar safida to‘p surayotgan 28 yoshli Depay joriy mavsum «Barsa»da 4 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
12:07 / 30.04.2026
«Arsenal» Madriddan durang bilan qaytdi
12:33 / 26.04.2026
«Barsa»ga bir qadam qoldi, «Siti» yana bir finalda. Kun o‘yinlari
12:21 / 23.04.2026