Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Putinni qo‘llab-quvvatlashini aytgan deputat o‘z mandatidan mahrum qilindi
Deputat Azamat Abildayev «Ak Jol» partiyasi a’zoligidan ham chetlatildi.
Qozog‘iston Majlisi (parlamentning quyi palatasi) deputati Azamat Abildayev Ukraina bo‘yicha rossiyaparast pozitsiyasi tufayli mandatdan mahrum etildi. Bu haqdagi qaror respublika Markaziy saylov komissiyasi (MSK) saytida e’lon qilindi. Avvalroq Abildayev «Ak Jol» demokratik partiyasidan chiqarib yuborilgan edi.
18 yanvar kuni Azamat Abildayev «Azattiq» radiosiga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainani «natsistlar» boshqarmoqda. Tinch aholi orasidagi qurbonlar haqida esa «qurolli mojarolarda bundan saqlanish ilojsiz» dedi.
«Ak Jol» partiyasi Milliy Kengashi Plenumi deputatning so‘zlarini o‘rganib chiqib, ular partiyaviy va deputatlik odob-axloq qoidalariga zid, degan qarorga keldi.
«Ak Jol» partiyasi har doim Qozog‘istonning va boshqa do‘stona mamlakatlarning mustaqilligi va hududiy daxlsizligini hurmat qiladi», deyiladi bu haqdagi bayonotda.
Azamat Abildayev partiya a’zoligidan chiqarilganidan so‘ng, partiya qaroridan rozi ekanini va unga saylovdan oldin pand bermoqchi emasligini aytdi.
«Ularning qaroriga qo‘shilaman. Hech kimdan xafa emasman. Bir narsani tushunib olishimiz kerak: «milliy vatanparvarlar», «millat» deb gapiryapmiz, faqat Ukrainaga o‘xshab qolmasligimiz kerak», dedi Abildayev.
«Ak Jol» partiyasi 2002 yilda tashkil qilingan bo‘lib, 2021 yilgi parlament saylovida 10,95 foiz ovoz to‘plagan. O‘tgan yilgi prezident saylovida «Ak Jol»dan prezidentlikka nomzod Daniya Yespayeva 5 foizdan sal ko‘proq ovoz to‘plagan edi.
Mavzuga oid
20:20 / 04.06.2026
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi
08:41 / 03.06.2026
Putin: rus tili filologiya fakultetlaridan ajratilishi kerak
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
17:49 / 02.06.2026