Özbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi gaz eksporti böyiça yuzaga kelayotgan savollar yuzasidan izoh berdi.
Özbekiston rasmiylari dekabr oyida xorijga gaz eksporti töxtatilganini aytgan, bu rasmiy statistikada ham öz aksini topgan edi. Biroq kuni keça Xitoy bojxona boş boşqarmasi e’lon qilgan raqamlardan mamlakat dekabr oyida Özbekistondan 40 mln dollarlik tabiiy gaz import qilgani körinadi.
Statistika agentligining izohlaşiça, butunjahon taşqi savdo statistikasi mamlakatlar tomonidan umume’tirof etilgan standartlar va tavsiyalarga (bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylaştiriş, hisobini yuritiş va h.k.) tayangan holda yuritiladi.
Mamlakatlarning içki tartib-tamoyillarining bir-biridan farq qilişi bois istalgan ikki yoki undan ortiq mamlakatning taşqi savdo böyiça statistikasi soliştirilganda muayyan miqdor va hajmdagi tafovutlar kuzatiladi.
Bu holatni taşqi savdo statistikasi böyiça xalqaro darajada umumqabul qilingan asosiy axborot manbai – BMTning Comtrade veb-saytidan foydalanib, istalgan davlatlar soliştiruvida köriş mumkin.
“Bu normal, tabiiy holat hisoblanadi. Ya’ni yuritiladigan taşqi savdo hisobi tizimidagi farqlanişlar, tovarlar bojxona qiymatining baholaş xususiyatlaridagi farqlanişlar (aniqroği bojxona çegarasini kesib ötişi paytida bazis narxiga keltirilgan şartnomadagi tovarlar qiymati), eksport-importda turdoş mahsulotlarni “Taşqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi” kodlarini belgilaşda yondaşuvdagi farqlar, tovarlarni hisobga oliş vaqtidagi farqlar va boşqa omillar bunga sabab böladi.
Şundan kelib çiqib, misol uçun, bir davlatda kalendar belgi böyiça, masalan, noyabr oyida şartli 10 kg mahsulot boşqa bir davlatga bojxona çegara postidan çiqib, hisobga olingan bölsa, qabul qilib olayotgan davlat bu statistikani dekabr oyida körsatişi mumkin va h.k.



















