Özbekiston şu kunlarda gaz eksportini töliq töxtatgan. Bu haqda “Öztransgaz” raisi Behzod Normatov “Sevimli” telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

“4 yil oldingi raqamlar bilan bu yilgi eksport hajmini soliştiradigan bölsak, [bu yilgi eksport] kamida 3 baravar kam. Çunki köp elektrostansiyalar qurildi, iqtisodiyotimiz rivojlanyapti, köproq gaz işlatadigan quvvatlar paydo bölyapti, aholi soni ösyapti, yangi uylar qurilyapti. Şularni inobatga olib har yili bizga (“Öztransgaz”ga – tahr.) aholiga yetkazib beriladigan gaz hajmi reja sifatida 7-10 foizga köpaytirib beriladi, biz şunga qarab eksport-importni rejalaştiramiz.

Hozirgi kunda sovib ketgani, asosiy maqsadimiz – aholi xonadonlariga yetkazib beriş ekanini inobatga olib, hamma eksportlarimiz, öşa hammaning oğzida bölgan, Xitoyga qilinayotgan eksport 100 foiz töxtatilgan. Böşagan hajmlar aholiga yönaltirilgan”, – dedi Normatov.

U Özbekiston ayni paytda gaz import qilayotganini aytdi: “Oldingi yil qişda ham import qilganmiz. Aholiga yetkazib berayotgan körsatkiçlarimiz oldingi yil bilan bu yilni soliştirsak, bir xil darajada ketyapti”.

“Öztransgaz” raisi aholiga gaz yetkaziş körsatkiçi pasaymayotgan bölsa-da, bu yil viloyat markazlari va hatto Toşkentning qator tumanlarida gaz bosimi pastligini talab ösayotgani bilan izohladi.

“Respublika böyiça iste’mol oşgan, lekin resurs oşmagan. Yangi işlab çiqariş quvvatlari qöşilyapti, yangi xonadonlar qurilyapti, köp qavatli binolar... Lekin yetkazib beruvçi tarmoqlar öşa eskiligiça qolyapti”, – dedi u.

Behzod Normatov jurnalistning savoliga javoban Özbekiston hozir gaz eksport qilmayotganini yana bir marta tasdiqlab, vaziyat barqarorlaşmagunga qadar eksport tiklanmasligini bildirdi. “Kerak bölsa, qiş tugagunça [çetga gaz sotmaymiz]”, dedi u.

Özbekistonning gaz eksport qiliş böyiça qandaydir majburiyatlari bormi? “Öztransgaz” rahbari bu savolga javoban majburiyatlar borligi, bu gaz qazib oluvçi xorij kompaniyalari bilan kelişuvlarda közda tutilganini aytdi.

“Özbekistonga investitsiya qilgan çet el korxonalari bor. Davlatimiz ular bilan kelişuvga erişib, loyihaning iqtisodiy körsatkiçlarini bajariş maqsadida ma’lum bir majburiyatlarni öz böyniga olgan. Ularni bajariş uçun biz qazib çiqarilayotgan jami hajmning bir qismini eksportga qöyib beramiz.