Ortiqxöjayev iste’fosi, töxtamagan gaz eksporti va bardavom “qöl” boşqaruvi - hafta dayjesti
|01:03 / 23.01.202343 07314 min
Energiya inqirozi yana uçta mulozimni lavozimidan ayirdi: muammo kadrlardami yoki islohotlar keçikayotganida? Xitoyning gaz statistikasi: Özbekiston dekabrda ham çetga gaz sotganmidi? Prokuror va öqituvçilar voqeasi: ma’muriy islohotdan keyin ham sektoral boşqaruv davom etaveradimi? Ortda qolgan hafta mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Özbekiston bugun öz vaqtida qilinmagan islohotlarning tovonini tölayapti.
Agar beş yil oldin hokimlarni xalq saylaydigan tizimga ötilganida, hozirgidek Toşkentning holiga maymunlar yiğlamayotgan bölardi.
Agar beş yil oldin oçiq va raqobatli energetika bozorini yaratiş boşlanganida, millionlab odam hozir öz uyida qişni odamga öxşab ötkazayotgan bölardi.
Agar beş yil oldin elektr va gazdagi tubi körinmas öğriliklarni tugatişga jiddiy harakat qilinganida, qarğişdan boşqa iloji qolmagan xalq hozir öğrilarga la’nat aytib, bolasini uç qavat körpaga örab ötirmagan bölardi.
Haqiqiy islohotlar zarurati va energetikadagi qinğirliklar haqidagi bu fikrlar tugab borayotgan haftada köpçilikning xayolidan ötgan bölsa ajab emas.
Afsuski, ortda qolgan haftada Özbekiston yana bir katta imkoniyatini boy berdi. Ayni mana şu anomal sovuq biz uçun, 36 millionlik xalq uçun nafaqat sinov, balki katta imkoniyat ham edi. Çunki muqobil reallikda bu sovuq oçib taşlagan haqiqatlar, Toşkentdagi misli körilmagan energiya inqirozi butun mamlakat uçun tub buriliş nuqtasiga aylangan bölardi. Hammasi ham töğri ketmayotgani, jiddiy xatolar bölayotgani, faqat şakl emas, boşqaruvning mohiyati ham özgarişi kerakligini anglatgan bölardi.
Bunday bölib çiqmadi. Asosiy özgariş faqat kadrlar almaşinuvidan iborat böldi. Jahongir Ortiqxöjayev salkam 5 yil Toşkentni Dubayga aylantiriş yölida qilgan qurilişlari bir kun kelib oyoğiga bolta bölişini kutmagani aniq. Yillardan beri jamoatçilik bong urib kelayotgan muammolar – boş rejaning yöqligi tartibsizlikni keltirib çiqarayotgani, qurilişga ruxsat berilganda mavjud infratuzilmaga tuşadigan yuklama inobatga olinmayotgani prezidentning duşanba kungi yiğilişida rasman tan olindi.
“Qiş mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uçun Toşkent şahri hokimi Ortiqxöjayevni keçasi ştabda işdan oldim. Quruq gap bilan, yolğon “svodka” bilan pastga tuşmagani uçun, noinsof, oyoği yerdan uzilgani uçun uni işdan oldim”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Jahongir Ortiqxöjayevning Toşkent hokimi lavozimidagi faoliyati salkam 5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida yer ajratiş, buzilişlar, ekologiya, daraxtlar kesilişi, jamoat transporti, ijtimoiy infratuzilma va manfaatlar töqnaşuviga oid oğir muammolar doim kun tartibida turdi. Millioner hokim şahar uçun öz yonidan köp narsalarni homiylik asosida qilib berayotganini peş qilib kelgan bölsa ham, aslida öziga tegişli va öziga yaqin kompaniyalarga milliardlab sömlik davlat buyurtmalarini heç qanaqa tendersiz berib kelgani, uning kompaniyalariga juda katta soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilgani, unga aloqador kompaniyalar mahsulotlari köproq sotilişi uçun şu turdagi tovarlarni xorijdan olib kelişga çeklovlar örnatilgani kabi holatlar uning xayriya haqidagi gaplariga soya solib turaveradi.
Mavzuga oid
Jahongir Ortiqxöjayev lavozimidan olingani yuzasidan biror çiqiş qilgani yöq. U işdan böşatilgani ma’lum bölgan kuni ertalab tongda Toşkent xalqaro aeroportida töxtatib qolingani haqida xabarlar tarqaldi. Manbalarga köra, u Uzbekistan Airways'ning 16 yanvar soat 7:40ga belgilangan Istanbul reysida uçib ketiş uçun oila a’zolari bilan birga röyxatdan ötgan.
Şu kungi yiğilişda prezident Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuraturaga işdan olinganlarning faoliyatini tekşiriş böyiça topşiriq berdi. “Azizov, Yöldoşev, bugun işdan olingan hamma rahbarlar böyiça menga alohida axborot berasizlar. Juda qattiq talab, tartib, intizom. Tizim bölişi kerak Özbekistonda”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Işdan olinganlar qatorida Ortiqxöjayevdan taşqari “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi Farhod Abdurahmonov va energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev ham bor. Xöjayevning çetlatilişi jamoatçilik uçun biroz tuşunarsiz böldi. Çunki u hukumatda energetika islohotining faol tarafdorlaridan biri bölib, hamma sökişlarni öziga olgan holda jurnalistlarning savollariga javob berib borayotgandi.
Prezident yiğilişida “Öztransgaz”, “Özbekneftgaz”, “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyalari raislari, Mirzo Uluğbek, Yunusobod va Uçtepa tumanlari hokimlariga hayfsan berildi. Hukumat raisi Abdulla Aripov va uning infratuzilmaga mas’ul örinbosari Oçilboy Ramatov bu safar ham javobgarlar qatorida şaxsan sanalmadi. Şunday bölsa-da, prezident ular ham oppoq emasligiga işora qildi:
“Nega poytaxtda şunday böldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Şunça gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qayerga qaragan degan savol meni qiynayapti”.
Prezident Jahongir Ortiqxöjayevning birinçi örinbosari bölib işlab kelgan Baxtiyor Rahmonovni Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinladi. Bu qaror köpçilikda bir savolni uyğotdi: yiğilişda şaharning boş rejasi yöqligi va qurilişlar tanqid qilingan bölsa, nega yana şu qurilişlarga töğridan töğri aloqador, hokimning quriliş böyiça örinbosari hokimlikka tayinlandi?
Yiğilişda Toşkent şahriga yangi prokuror ham tayinlandi. Bu lavozimni salkam 6 yildan beri boş prokuror örinbosari bölib işlab kelayotgan Erkin Yöldoşev egalladi. Yöldoşev ötgan hafta III darajali davlat adliya maslahatçisi unvonini olgandi. Toşkentning avvalgi prokurori Uluğbek Qosimov ötgan oyda Surxondaryoga hokim bölgandi.
Xitoyga gaz eksporti töxtamaganmidi?
Özbekiston Xitoyga gaz eksportini töxtatgan bölsa ham, Xitoy Özbekistondan gaz importini töxtatmagan. Ya’ni, ikkala tomon berayotgan ma’lumot örtasida yana jiddiy farq yuzaga keldi. Bu farq ayniqsa bizning hukumatimiz uçun noqulay vaqtda örtaga çiqqanini aytiş kerak.
Gap şundaki, dekabrda amaldorlarimiz gaz özimizga yetmayapti, şuning uçun uni çetga sotişni yuz foizga töxtatganmiz deyişgandi. Statistika agentligining taşqi savdo hisobotida ham Özbekiston dekabr oyida umuman gaz sotmagani aks etgan. Lekin Xitoy bojxona qömitasi şu hafta bergan ma’lumotda mamlakat dekabrda Özbekistondan 40 mln dollarlik gaz import qilgani yozilgan.
2022 yil davomida Xitoyning Özbekistondan tabiiy gaz importi statistikasi, million dollarda / Info: Xitoy bojxona boş boşqarmasi
Demak, qaysidir tomonning statistikasi xato yoki yolğon. Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim fikrlarga köra, Özbekiston hozirgidek murakkab vaziyatda aholida qöşimça norozilik uyğotmaslik uçun gaz eksporti qisqargani, lekin amalda töliq töxtamaganini boriça aytmaslikni ma’qul körayotgan bölişi mumkin. Eksport töxtamagani esa Özbekistonda gaz qazib olayotgan Rossiya kompaniyalari bilan boğliqligi haqida taxminlar bor.
Ikkala davlatning butun 2022 yil davomidagi gaz savdosi statistikasida ham farq bor. Özbekiston tomoniga köra, yil davomida 911 mln dollarlik tabiiy yoki sun’iy gaz eksport qilingan. Xitoy tomoni esa Özbekistondan gaz importini 1 mlrd dollar deb körsatgan.
Sektoral boşqaruvdan voz keçiş vaqti kelmadimi?
Öz vazifasiga kirmaydigan işni bajarayotgan prokurorning topşiriği sababli, maktab öqituvçilari öz vazifasiga kirmaydigan işni qilişga majburlandi. Öz vazifasiga kirmaydigan işni bajarayotgan içki işlar boşliği bu holatning guvohlaridan biri böldi.
Özbekiston uçun noodatiy bölmagan bunaqa voqea Angren şahrida röy berdi. Şahar prokurori Uluğbek Qobiljonov boşqa sektorlar rahbarlari bilan maktablarning darsga tayyorligini tekşirib yurgan vaqtda olgan videosi öziga qimmatga tuşdi.
“22-maktabdamiz, umuman tozalanmagan qordan. Mana 2-3 kundan keyin maktab boşlanadi. Umuman tozalanmagan. Öqituvçilari ham yöq, oylik olib yotişibdi, bekordan bekor... Hamma maktab öziga xulosa qilsin. 4 ta sektor yuribmiz mana. Hokim – boş, “naçalniy melisa”miz. Umuman tozalanmagan”, – deydi videoda prokuror.
Ma’lum bölişiça, prokurorning bu topşiriğidan keyin maktab öqituvçilari maktab hovlisini qordan tozalaşga çiqarilgan. “4 ta sektordan öqituvçilarga yana kimning qanaqa buyruği bor? Öqituvçilar yiğilib turganda aytib olinglar. Oyligini halollab olişsin”, – deb kinoya qildi bu haqda xabar bergan kanal muallifi.
Bu video şov-şuvga sabab bölgaç, maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova prezident öqituvçilarga öz vazifasiga kirmaydigan işlarni yuklaşni taqiqlaganini eslatib, Boş prokuraturaga murojaat qildi. Köp ötmay Toşkent viloyati prokuraturasi Qobiljonovga intizomiy jazo berilganini ma’lum qildi. Uning özi ustozlardan uzr sörab çiqdi. “Aslida men maktab hududini öqituvçi va murabbiylarimiz emas, balki uşbu işga mas’ul şaxslar bajarişini taşkillaştirişni söraganman”, – dedi u.
Bu voqea heç qaysi qonunda yozilmagan sektor boşqaruvini tugatiş kerakligi haqidagi muhokamalarni yana örtaga çiqardi. Haqiqatan ham, Özbekistonda majburiy mehnatga barham berilgani aytilayotgan bir paytda, prokuratura, içki işlar va soliq organlari xodimlarining qişloq xöjaligi, investitsiya va ijtimoiy masalalarga majburan aralaşib yurişi eng kamida ğalati körinadi. Yaqinda e’lon qilingan ma’muriy islohotlarda ham negadir bu haqda heç qanaqa gap bölmadi.
Şaharlarda nihoyat tezlik pasaytirilmoqda
Özbekistonda avtohalokatlarni kamaytiriş uçun oxirgi yillardagi ehtimol eng jiddiy qadam bosildi: şaharlarning ayrim qismlarida harakat tezligi 60 km/soatga tuşirildi. Bu talab faqat Toşkent yoki viloyatlar markazlariga emas, respublikadagi deyarli hamma şaharga nisbatan tatbiq etilgani e’tiborga loyiq.
Toşkent şahrida tezlik pasaytirilgan hudud, kutilganidek, Kiçik halqa yölining içkarisidagi köçalar böldi. Boşqa şaharlarda esa çegara har xil: masalan, yangi tezlik çeklovi Namangan va Urganç şaharlarining butun hududiga taalluqli, Navoiy şahrida esa buning aksi – atigi 1ta köçada 60 tezlik rejimi örnatiladi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati haydovçilardan bu talabga hozirdanoq rioya qila boşlaşni sörayapti. Amalda esa “60” yöl belgisi örnatib çiqilib, kameralar funksiyasiga tegişli özgariş kiritilganidan keyingina jarima yoziş boşlanadi. Tezlikni çeklovçi yöl belgilarini örnatib çiqiş qaçongaça yakunlanişi aniq aytilmadi, bu jarayon bosqiçma-bosqiç böladi. Rasmiylarga köra, haydovçilar çeklangan tezlik qayerda boşlanib, qayerda tugaşi haqida aniq ma’lumotga ega böladi.
Rasmiylar bu işni ham jarima ballari kabi çala-çulpa qilib yubormaydi, deb umid qilamiz. Aşaddiy qoidabuzarlarni tiyib turadigan jarima ballari tizimi ham tezroq amalda işga tuşişi kerak.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Maktablarda 3-çorak boşlanadigan sana uçinçi marta özgardi. Avvaliga 11, 16, 18 yanvardan deb e’lon qilingan darslar deyarli hamma hududlarda 23 yanvar, duşanbadan boşlanyapti. Bu betartiblik öqituvçilarga boşoğriq böldi: ayrim hududlarda bolalar maktabga bormayotgan bölsa ham, Kundalik dasturida ularga baho qöyib borilyapti. 23 yanvardan oliy va örta maxsus ta’lim maskanlarida ham darslar boşlanadi.
Nodirbek Abdusattorov şaxmatda yana bir sensatsion ğalabani qölga kiritdi. Ujahon çempioni Magnus Karlsenni birinçi marta klassik şaxmatda mağlubiyatga uçratdi. Şaxmatning bir neça soat davom etadigan klassik turida Magnus kamdan kam mağlubiyatga uçraydi. Nodirbek şu va boşqa muvaffaqiyatlari bilan Niderlandiyadagi turnir peşqadami bölib turibdi.
Özbekistonda loukoster formatidagi yangi aviakompaniya – Centrum Airiş boşlamoqda. Kompaniya hozirça Boeing 737 va A320 rusumidagi beşta samolyotga ega. Keyingi uç yil içida samolyot parkini 100taga yetkazişni maqsad qilgan. Rasmiy ma’lumotga köra, loukosterning mahalliy reyslari narxi 226 ming sömdan, xalqaro reyslari esa 452 ming sömdan boşlanadi.
Şavkat Mirziyoyev Singapurga davlat taşrifi bilan bordi. 3 kunga reja qilingan safar Özbekistondagi energetika muammolari sabab faqat 1 kun davom etdi. Şavkat Mirziyoyev Singapur prezidenti Halima Yoqub va boş vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar ötkazdi. “Farğonaazot” zavodi Singapurning Indorama kompaniyasiga 140 mln dollarga sotildi. Yangi Toşkentning boş rejasi va poytaxtdagi yangi aeroport loyihasi böyiça Singapur kompaniyalari bilan hamkorlikda iş olib boriladi.
Özbek şifokorlari ilk marta siam egizaklarini ajratib oldi. 7 oylikbu ikkiqizaloq Qirğizistonning Öş şahrida tuğilgan. Tuğilgan paytda umumiy vazni 1600 gramm bölgan. Ota-onasi – özaro yaqin qarindoşlar. Çaqaloqlar Toşkentdagi Neonatal xirurgiya markazida muvaffaqiyatli ajratib olindi.
UzAuto Motors tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobillarni yetkazib berişni qayta yölga qöydi. Lekin yangi şartnomalar haligaça qabul qilinmayapti. Kompaniya avval tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobillar narxini biroz pasaytirişini ma’lum qildi. Bu – qöşilgan qiymat soliği 3 foizga kamayib, 12 foizga tuşgani bilan boğliq. Yangi xaridorlar esa katta ehtimol bilan maşinalarni sezilarli oşgan narxda olişga majbur böladi.