“Mustaqillikning 25 yilligi” konida 9 noyabr kuni portlaş yuz bergan. Kon oğzida ulkan alanga hosil bölgan. Şundan söng atrofga gaz hidi tarqalişi kamaygan. Ammo bu qaçongaça davom etişi noma’lum. Kon atrofidagi qişloqlardan köçirilganlar taqdiri noma’lum bölib turibdi. Ular hamon öz uylariga qaytganlari yöq. Mas’ullar va pudratçi kompaniyadan esa sado yöq.

Boysun tumanidagi gaz konida ikkinçi avariya sodir bölganiga salkam 60 kun böldi. Bir vaqtlar respublikaning eng ekologik toza şaharlaridan biri bölgan bu hududning atmosferasi qaytib tiklanmas darajaga yetib kelmoqda. Odamlar hanuz nima qilişini bilmaydi, ba’zilari uyiga qaytolmay sarson. Mas’ullar esa “oğziga talqon solib olgan”.

Kun.uz ayni masala kun tartibidan çiqib ketmasligi uçun navbatdagi materialni tayyorladi. Xöş, hozirgaça nimalar ma’lum?

Takroriy portlaş va yonğin

9 noyabr kuni tarmoqlarda Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yonğin bölgani va bir guruh öt öçiruvçi xodimlar uni bartaraf etişga uringani aks etgan videolar tarqaldi. Kun.uz manbasiga köra, öşa kuni konda katta portlaş sodir bölgan. Oqibatda yuqoridagi holat, yirik yonğin yuzaga kelgan.

Konga yaqin hududda yaşovçilardan birining aytişiça, ayni şu takroriy portlaşdan keyin Boysunda gaz hidi tarqalişi kamaygan. “Gaz hidi Kofrunda ham yöq”, – deydi tahririyatga vaziyat haqida gapirib bergan bir boysunlik.

"Menga yetib kelgan ma’lumot, ular öşa “vişka” bor edi-ku, şu "Mustaqillikning 25 yilligi" konining simyoğoçini yiqitişgan. Oldin tikka turgan holatida undan çiqayotgan gazni yoqa olişmayotgan edi. Şuning hisobidan gaz çiqayotgandi. Hozir şu narsani ağnatgan (qirqib taşlaşgan), ağnatgani uçun ikki yon tomoniga quvur çiqarib, qolgan gazni ham – işqilib şu çiqayotgan hamma gazni yondirib qöygan bular.

Yonğindan xabarim yöq, menga kelgan mana şu bugungi ma’lumotga qaraganda, “vişka”ning ham özini qulatib, joyini yondirgani uçun 4 kundan buyon, vazir kelişidan bir kun oldin boşlandi bu holat, hozirgaça gaz hidi yöq, Kofrunning özida ham yöq. Çunki ertalab bir iş bilan Kofrunning öziga tuşib keldim, Kofrunda ham toza havo. Işqilib, gaz hidi yöq”, – deydi u.

Boysunliklarning holati qanday?

14 noyabr kuni tarmoqlarda Boysunning kiçik mahallasi – Şirinobodda yaşovçi Qurbonali Xolmurodovning videolari tarqaldi. Unda Xolmurodov astmasi bor qizaloğining gaz hidi sabab aziyat çekayotgani, Kun.uz materialida intervyusi e’lon qilinişiga qaramasdan, mas’ullar yordam qilmagani haqida gapirib ötgan. Avvalroq, boysunliklarning qişni qanday ötkazişi noma’lumligiga oid materialimizida ham fuqaro rasmiylarning befarqligini ta’kidlagandi.

Ayni videoning töliq şakli tahririyatimizga ham kelib tuşgan. Ammo uning iltimosi bilan sayt buni e’lon qilmagandi. Xolmurodov tarmoqlarda sizdirilgan tasvirlar sabab IIOga çaqirilganini, ma’lum tuşuntirişlardan söng u va qiziga yordam qilinayotganini bildirdi.

"Mendan söramasdan bölmaydigan videoni çiqarib yuborgan, ular bölsa, "prezidentga qaratib aytgansan", deyişdi. Endi men bu masalada aytmaganman, qizimning holatini körib, stressda nima deganimni özim bilmayman. Keyin uyga kelib, afsuslanib, Karomatga (video tarqagan odam) aytdim, "Karomatjon, videoni çiqarmagin, sendan iltimos", – dedim.

Bir hokim bobo bilan yaxşi edim, köziga [balodek körindim]... Agar sizga taşlagan bölsa, şuni öçirib taşlang.

Özimizning uçastkavoy "murojaat qilibsan, qanday yordam kerak senga, nima qilişimiz kerak?" – degan savollarni qöydi.

Qizimning operatsiyasini davlat tomonidan bepul qildirdim, 2-3 ta kerakli apparatlarni yozdirdim, ularni uyga yetkazişlarini aytişdi. Ertaga qizimni yana tekşiruvdan ötkazamiz", – dedi u.

Şuningdek, Xolmurodov ham hozirça gaz hidi tarqalmayotganini, qizining holati endi yaxşilanayotganini ma’lum qildi. Joylarda zaharli gaz odamlarni bezovta qilmayotgani yaxşi xabar, albatta. Ammo kon atrofidan yotoqxona va kollejlarga köçirilganlarning hanuz mavhumlikda yaşayotgani köpçilikni oğrintirayotgan bölsa kerak.

Gazeta.uz naşriga intervyu bergan mahalliy aholi rasmiylarning aniq ma’lumotini kutayotganini, kelayotgan qişdan qanday omon çiqişidan xavotirdaligini bildirgan. Kun.uz şu intervyulardan ayrimlarini keltiradi.

“Menga zarilmi homilador holimda şu kollejda yaşaş? Kvartiraga çiqsangiz ham kamida 2 mln söm söraydi. Har xil gap bölyapti, ba’zilar: “Bular ovqat uçun şu yerda yotibdi”, deyapti. Şunça yilgaça özimizning xöjayinimiz boqib kelgan-ku. Qotgan nonimizni yesak ham, öz uyimizda yeb ötirsak, öşa yaxşi”, – degan şaxsini oşkor qilişni istamagan ayol.

“1 sentabrda gaz portlaganidan beri köçada sarson bölib yuribmiz-da. Yarmimiz qişloqda, yarmimiz Boysunda. Homilador kelinlarimizni heç joyda saqlolmadik — Bandixonga yuborgandik, gazning hidi u yerga ham bordi, u yoqning şifokori bu yer bölmaydi, kelinning [homila] suvi loyqalangan, debdi. Şu bilan, ota-onasi Toşkentda edi, uni Toşkentga jönatib yubordik. Uç kun böldi Toşkentdan kelganiga. Endi bolali bölişi kerak — qayerda bolali qilib, qayerga olib borişimni bilmay ötiribman gazni deb”, – deydi yana bir ayol.

“Bular hammani ovora qildi, sarson qildi. Bitta gapni aytsa, “bölmaydi endi, ketinglar”, desa, odamlar majburlikdan ketadi, ilojini boriça. Oğaynilarnikiga ham bir marta borib keldik. Ularnikiga ham 10−15 kun siğasiz, keyin siğmaysiz. “Mehmondorçilik ham uç kun” deydi-ku. Topgan pulimiz ukol-dori, yölkiraga ketyapti. Yeyotganimiz yöq, bolalarimizni kiyintirayotganimiz yöq. Bergan narsasi uyimizda turibdi, uni huzurlanib yegingiz kelmaydi. Özingiz bozordan bir kilo göşt olsangiz, bolalaringizga şunday huzurlanib ovqat qilasiz, lekin bularning bergan göşti şunday turibdi — qovurgingiz ham kelmaydi, yegingiz ham kelmaydi, tomoğingizdan ham ötmaydi, turibdi şunday”, – degan boşqa fuqaro.

Rasmiylar nima degandi?

Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 6 oktyabrda “Lolazor” podkastiga qilgan çiqişida konni jilovlaş uçun tuzilgan 2-3 kunlik ssenariy iş bermasa, muammoni bartaraf etiş uçun yana 2–3 oy vaqt kerakligini aytgandi.

“Zararni kamaytiriş maqsadida bir qism gaz çiqarib yoqib yuborildi. Hozir şu çoralar körilyapti. 2-3 kundan keyin moslamani örnatişadi, yopişga harakat qilib yopa olsa, yaxşi. Bölmasa keyingi ssenariylarga köra quduğini oçib, yonidan qöşimça quduq burğilab, şu orqali yopişga harakat qilinadi. Bu 2-3 oy vaqtni olişi mumkin”, – degan Mirzamahmudov.

Şundan kelib çiqsak, “M25” koni keyingi yil yanvar oxirlariga borib jilovlanişi mumkin. Ungaça esa mahalliy aholiga kim yordam qiladi, qişni qanday ötkazib oladi – hozirça noma’lum. Bunga mas’ul vazirlik, idora, taşkilot va pudratçi kompaniya esa sukunatda.