O‘zbekiston | 09:41 / 24.01.2023
4212
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar vakolati kengaytiriladi 

“Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlar vakolatlari kengaytirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 248-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Qonun loyihasi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar vakolatini kengaytirish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 248-moddasi 4-qismidan keyin xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarga MJtKning 206-1-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jazo chorasini qo‘llash vakolati berilishi 5-qismi bilan to‘ldirilishi nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi bilan:

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan fuqarolar ayniqsa, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi kuchaytiriladi, sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan ular aniqlangan joyning o‘zida huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmlari soddalashtiriladi;

ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati alternativ mas’ul mansabdor shaxs sifatida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlariga berilishi natijasida, huquqbuzarlik sodir etgan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning ortiqcha xarajat qilishi va sarson bo‘lishining oldi olinadi;

ichki ishlar organlari tomonidan xotin-qizlarning  qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi kuchaytiriladi, sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan ular aniqlangan joyning o‘zida huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash tizimi yaratiladi;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi;

xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, shuningdek ularga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning takroran g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid