Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rus bombardimonchi samolyotlari uchun yoqilg‘i Germaniyadan yetkazilgan - Spiegel
Nemis kompaniyasi mahsuloti Rossiya harbiy samolyotlarini ta’minlash uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Germaniyaning yirik neft ishlab chiqaruvchisi Wintershell Dea Ukrainaga hujum qilgan rus bombardimonchi samolyotlari uchun reaktiv yoqilg‘i komponentlarini yetkazib bergani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Der Spiegel yozdi.
Jurnalistlarning surishtiruviga ko‘ra, nemislar «Gazprom» bilan hamkorlikda tashkil etilgan kompaniya orqali Rossiyaga parafin yetkazib bergan. U aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarishda ishlatiladi. Keyinchalik bu yoqilg‘i rus bombardimonchi samolyotlariga quyilgan bo‘lishi mumkin.
Xususan, 2022 yil 14 yanvarida Rossiya tomonidan Dneprdagi ko‘pqavatli turar-joy va Kremenchugdagi savdo markaziga raketa hujumi uyushtirilgan. Ikkala holatda ham Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari Shaykovka aviabazasidan parvoz qilib, X22 sinfidagi raketalar bilan zarba bergan.
Nashrning yozishicha, bu samolyotlar aynan Wintershell Dea parafini yordamida tayyorlangan yoqilg‘i bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, nemis kompaniyasi tanqidlarga qaramay, Rossiya bozoridagi faoliyatini davom ettirib kelayotgan edi. Garchi xorijiy yoqilg‘i kompaniyalari orasidagi ko‘plab raqobatchilari Rossiyadan chiqib ketishni afzal ko‘rgan bo‘lsa-da.
17 yanvar kuni Wintershell Dea Rossiyani tark etish niyatini e’lon qildi va buni «Rossiya endi ishonchli iqtisodiy sherik emas»ligi bilan izohladi. Biroq jurnalistlar bu bayonotni Rossiyaning 14 yanvar kuni Dneprdagi ko‘pqavatli binoga raketa hujumi bilan bevosita bog‘lamoqda.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, nemislar ketganidan keyin ham «Gazprom» bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxona Rossiyada qoladi va aviakerosin ishlab chiqishda davom etadi. Uning uskunalari oldingi yillarda «nemislarning milliardlab dollar sarmoyalari hisobiga» qurilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
09:50 / 04.07.2026