Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Bobur stipendiyasi ta’sis etiladi
Bobur tavalludini nishonlashga bag‘ishlangan chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
«Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra:
- «Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi;
- «Bobur merosi» xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi;
- Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:
- o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir «Bobur ensiklopediyasi»ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;
- «Bobur» kitob-albomi;
- Bobur asarlari lug‘ati;
- Bobur devonining mukammal nashri.
2023/2024 o‘quv yilidan oliy ta’lim talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026